Yil yakuniga davlat xizmatlarning umimiy soni 230 dan oshadi
02.08.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida ta’kidlaganidek, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning raqamlashtirilishi O‘zbekiston uchun yaqin davrdagi eng muhim vazifalaridan biri.

Raqamlashtirish jarayonlarida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga elektron hukumatning tamoyillarini keng joriy qilinishida alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida nafaqat vaqtni, mehnat va moliya harajatlarni tejashga yordam beradi, eng asosiysi, fuqarolarimiz uchun qulaylik yaratib beradi, ularga qator xizmatlarni tezkor ravishda taqdim etishga zamin yaratadi.

Ta’kidlash kerakki, so‘ngi ikki yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, mamlakatimizda zamonaviy elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorligining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borildi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi (https://my.gov.uz). Bugungi kunda Yagona portal orqali 200 tadan ortiq elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda. Joriy yildan boshlab 1,4 mln. ariza-buyurtma kelib tushgan. Bu ko‘rsatqich o‘tgan davrga nisbatan 8,1 foizdan ko‘proq natijasini ko‘rsatgan edi.

Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet el investorlari murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarini hal etish maqsadida Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish virtual qabulxonasi “business.gov.uz” portali ishga tushirildi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish uchun, shu jumladan bir vaqtning o‘zida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o‘tkazish va tezkor jo‘natish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida yagona elektron tizimi “project.gov.uz” joriy etildi.

Hukumat organlari va aholi o‘rtasida samarali qayta muloqot tizimi o‘rnatilishi eng yorqin misollaridan biri «Mening fikrim» Jamoaviy murojaatlar portali deb ko‘rsatish ham mumkin. Hozirgi kunda mazkur veb-portalga 3,8 mingdan ortiq murojaatnomalar kelib tushdi, 26,1 mingdan ortiq taklif va izohlar chop etildi. Portalning faoliyatini yaxshilash maqsadida yaqin orada «Mening fikrim» veb-portalining mobil ilovasini ishga tushirishi nazarda tutilgan.

Elektron hukumat sohasini kelgusi rivojlanishini ta’minlash maqsadida 2020-yil 28-aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga asosan 2020-2022 yillarda “Elektron hukumat”ni rivojlantirish doirasida 1,3 trillion so‘mga teng 104 ta loyihalarni amalga oshirishi rejalashtirilgan.

Eng zarur bo‘lgan davlat xizmatlarini tezkor ravishda elektron shaklga o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi. Yagona portalda joriy qilinadigan va takomillashtiriladigan ommabop davlat xizmati ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ularni amalga oshirish natijasida yil yakuniga qadar umumiy xizmatlar soni 230 tadan oshadi. Va bu borada qanday davlat xizmatlari ustuvor va dolzarb deb tasniflandi?

Toshkent shahrida elektron tibbiyot kartasi, elektron shifoxona hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimlarini joriy etish, ijtimoiy nafaqalar hisobini yuritishga mo‘ljallangan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ni joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu esa mazkur sohada shafofflikini ta’minlashga va moliyaviy manbalardan unumli foyadalnishga imkon yaratib beradi.

Raqamli texnologiyalarining joriy qlinishi soliq sohasi rivojlanishiga ham turtki beradi. Mazkur sohadagi muhim vazifalaridan biri — savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini onlayn nazorat kassa mashinalariga o‘tkazish, alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash hamda elektron hisob-faktura tizimini joriy etishdir.

Raqamli texnologiyarini keng joriy qilish masalasi yuqori dolzarblikka ega yana bir sohalaridan biri transport sohasidir. Bu borada Transport vazirligiga Toshkent shahrida jamoat transporti xizmatlari to‘lovi uchun avtomatlashgan tizimlarni ishga tushirish, barcha transportlarga yagona elektron bilet joriy etishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Avtomatlashtirish jarayonlari temir yo‘llarda yuk tashishda ham joriy qilinadi.

Axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligi, yerni hisobga olish va monitoring qilishda ham juda qo‘l keladi. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini o‘rganish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25-30 foizgacha oshirish imkonini beradi.

Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordam olish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish va qayta ishlashga mo‘ljallangan integratsiyalashgan “Tadbirkor” axborot tizimini joriy etish, “Notarius” kompleks axborot tizimi server qurilmalarini modernizatsiya qilish va dasturiy ta’minotini takomillashtirish, “Sanoat mulki muhofazasi portali”ni yaratish va boshqa tegishli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ishlarni jadallashtirish ham lozim.

Elektron hukumatning barqaror ishlashni ta’minlashning muhim vazifalar qatoriga uning asosiy ko‘rsatqichlarni, ya’ni yagona identifikatorlar, ma’lumotnomalar va tasniflagichlarni tartibga solishi ham kiradi. Shunga ko‘ra 2020-yil 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyati bo‘yicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 444-son Qarori qabul qilindi.

Mazkur Qarorga muvofiq Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri yaratiladi, va ushbu reyestrga vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarining axborot tizimlari va axborot resurslari kiritiladi. Yagona reyestr 2021-yil 1-yanvarga qadar amaliyotga joriy etiladi.

Yagona reyestrining ishga tushirilishi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, axborot resurslari, ma’lumotlar bazalari va dasturiy mahsulotlarining hisobini yuritish, ularni yaratish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilishi monitoringini yuritish hamda funksional vazifalari takrorlanadigan axborot tizimlarini ishlab chiqishning oldini olish va ularni ishlab chiqish bo‘yicha ortiqcha xarajatlarini qisqartiradi.

“Elektron hukumat”ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan barcha loyihalar, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega. Ularning amalga oshirilishi va joriy etilishi, o‘z navbatida, aholi uchun taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va turmush darajasini ko‘tarishga yordam beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq