O’zbekiston IT-xabarlari
28.07.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

TATU magistranti tomonidan maxsus “IT-online” mobil ilovasi ishlab chiqildi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistranti N. Nursaidov tomonidan “IT-online” mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Ushbu ilovada axborot texnologiyalarning barcha soha va yo’nalishlari bo’yicha  har kuni yangi darslar, videolar, maslahatlar va IT sohasi bo’yicha o’zbek tilidagi manbalar joylashtirilib boriladi.

“IT-online” ilovasi sodda ko’rinishda bo’lib tezkor ishlashi ta’minlangan. Ilova Tas-Ix tizimida ham ishlaydi.

IT-Park xorijiy ekspert ishtirokida innovatsion tadbirkorlik bo‘yicha master-klass o‘tkazadi

Joriy yil 28 iyul kuni IT-Park Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda «Innovatsion tadbirkorlik: rivojlanish muammolari va xorijiy tajriba» mavzuda master-klass tashkil qilmoqda.

Vebinar spikeri sifatida Belgiyalik tadbirkor, innovatsion biznes loyihalar asoschisi, Anton Suvorov ishtirok etadi. Vebinarda biznes loyihaning motivatsion omillari hamda sarmoyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilinadi.

Master-klass joriy yil 28 iyul kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.

Master-klassda ishtirok etish maqsadida roʻyxatdan oʻtish uchun havolahttps://forms.gle/L27cDxGYjfpanpMT7

“One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tanlovning gʻoliblari aniqlandi

Eslatib oʻtamiz, IT Park “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida mamlakat aholisining IT sohasiga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida loyihaning eng faol ishtirokchilari uchun tanlov tashkil qildi.

Ishtirokchilar tashabbuslari bir necha mezonlarga muvofiq baholandi. Onlayn kanallardagi faollik, chop etilgan maqolalar, shuningdek, tanlov yana bir qoʻshimcha nominatsiya boʻyicha, maktab oʻquvchilari uchun oʻtkazildi.

Eng yaxshi uchta ishtirokchi 1500 AQSh dollari miqdoridagi sovrinni qoʻlga kiritdi.

“Coursera” ta’lim platformasida oʻzbek tili joriy qilinadi

Avval xabar berganimizdek, Coursera onlayn ta’lim platformasida  O‘zbekiston fuqarolari uchun joriy yil 31 dekabrgacha bepul kirish imkoni (dostup) ochib berildi. Hozirgi vaqtga qadar onlayn kurslarida o‘qish uchun fuqarolarimiz tomonidan 3 mingdan ziyod ariza keilib tushdi. Endilikda esa ular uchun yana bir qulaylik yaratildi, ya’ni kurslar o‘zbek tilida ham tayyorlanadi.

Coursera –  dunyodagi yetakchi onlayn taʼlim platformalaridan biri boʻlib, unda jahonning nufuzli oliygohlarida faoliyat olib boruvchi kuchli ekspert hamda oʻqituvchilar ishtirokida kurslar tashkil qilinadi. Kurslarni muvaffaqiyatli topshirganlarga professional sertifikat beriladi, va ushbu sertifikat yurik kompaniylar tomonidan tan olinadi.

Bojhona sohasida ham raqamli texnologiyalar keng joriy qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq mazkur sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda bir qator islohotlarni amalga oshirilishi ko‘zda tutuilgan.

Jumladan, mazkur farmonga muvofiq 2020-yil 1-avgustdan temir yoʻl transporti tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlarini bojxona organlarining axborot tizimlariga integratsiyalash orqali bojxona nazorati ostidagi vagon va konteynerlarning mamlakat ichidagi harakatlari haqidagi maʼlumotlarni bojxona organlariga onlayn rejimida taqdim etilishi belgilangan.

Hamda 2020-yil 1-sentyabrdan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi chegara bojxona postlarida joriy etiladi.

Bundan tashqari 2020-yil 1-noyabrdan boshlab transport vositalarini vaqtinchalik olib kirishda tashuvchiga onlayn rejimida elektron shaklda qayta olib chiqish muddati tugashidan oldin vaqtinchalik olib kirish muddatini uzaytirish va tegishli yigʻimni toʻlashni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq