Mualliflik huquqlari sohasida AOKAga bilan o‘zaro hamkorlik tadbirlari haqida
27.07.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-sentabrdagi PQ-4452-son Qarorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi hamkorlikda fonogrammalar, audivizual asarlar, EHM uchun dasturlar tarqatishda (sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga yetkazishda) mualliflik huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya etilishini ta’minlashda o‘zaro mas’ul qilib belgilangan.

2020-yilning yanvar – iyul oylari davomida “O‘zkmonazorat” davlat inspeksiyasining Mualliflik huquqi bo‘limi tomonidan mazkur Qarordagi topshiriq doirasida O‘zbekistonda “Uz” domen hududida veb-saytlar, turli ko‘ngilochar portallarga joylashtirilgan kinofilm va seriallarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi bo‘yicha monitoringlar o‘tkazilgan.

2020-yil 1-iyun holatiga ko‘ra 362 ta veb-saytda 2157 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, tegishli xatlar yuborilgan. Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha 25 ta provayder, domen registratori va domen adminlariga 68 ta ko‘rsatma berilib, ularning ijrosi inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan AOKAga muntazam ravishda ma’lumot kiritib borilgan va ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik tadbirlari davom ettirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq