“One Million Uzbek Coders” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
25.07.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Eslatib oʻtamiz, IT Park “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida mamlakat aholisining ITʼga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida loyihaning eng faol ishtirokchilari uchun tanlov tashkil qildi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar qanday edi?

— Tashabbus koʻrsatish, boshqa ishtirokchilarni ruhlantirish, ularga platformadan foydalanishga yordam berish va loyihaning Telegram-guruhlar va ijtimoiy tarmoqlardagi oʻquv materiallarini o’zlashtirish.

— Loyiha ishtirokchilari uchun foydali boʻlgan mualliflik maqolalari, loyihadagi oʻz muvaffaqiyatlari haqidagi hikoyalarini yuborish yoki yangi texnologiyalar hamda IT ga oid maqolalar tarjima qilish.

Ishtirokchilar tashabbuslari bir necha mezonlarga muvofiq baholandi:

1. Onlayn kanallardagi faollik

— Qiyosiy raqamli koʻrsatkichlar boʻyicha;

— Xabarlarning sifati boʻyicha (maʼlumotning foydasi, loyihaning maqsadlariga muvofiqligiga qarab).

2. Maqolalarni nashr qilish

— Noyoblilik, loyihaning maqsadlariga muvofiqligi, foydasi, dolzarbligi, grammatikasi va tuzilishi. Maqolalar oʻzbek tilida bo’lishi kerak edi.

Shuningdek, tanlov yana bir qoʻshimcha nominatsiya boʻyicha, xususan, maktab oʻquvchilari uchun oʻtkazildi. Ishtirok etish shartlari bir xil edi.

Ishlarni baholagan ekspertlar:

— Super Dispatch, GDG Tashkent Community Lead kompaniyalarining mahsulotlar boʻyicha menejeri – Nuruddin Iminoxunov;

— Xalq taʼlimi vazirligi bosh mutaxassisi – Gulnoza Jalilova;

— Delivery Company Software Engineer qahramoni – Jahongir Rahmonov;

— VRonika studiyasi asoschisi – Akmal Salixov.

Natijada, tanlov gʻolibiga aylandilar:

Umumiy kategoriya:

Abdulmalik Qambarov

Saidabbos Xudoyqulov

Muhammadjon Alijonov

18 yoshgacha boʻlgan kategoriyada:

Asadbek Roʻziyev

Maburbek Hayitboyev

Mannonovskiy

Eng yaxshi uchta ishtirokchi 1500 AQSh dollari miqdoridagi sovrinni qoʻlga kiritdi.

Eng yaxshi uchta oʻquvchi-ishtirokchilar 500 AQSh dollariga ega boʻldilar.

“One Million Uzbek Coders”ning barcha talabalari uchun videotabrik va qutlovlarni Dubay Future Foundation direktori oʻrinbosari Abdulaziz Aljaziri Janobi Oliylari yozdi.

Abdulaziz Aljaziri Janobi Oliylari ayniqsa pandemiya davrida IT va raqamli savodxonlikni rivojlantirish muhimligini taʼkidlab, “One Million Uzbek Coders” loyihasida faol ishtirok etgan va etayotgan barcha talabalarni tabrikladi.

Koʻplab yoshlarning IT sohaga katta qiziqish bildirayotganini his qilish juda yoqimli.

Hamjamiyat sayti: community.uzbekcoders.uz

Onlyan marafonga havola: https://www.youtube.com/watch?v=I2qtxfc25e4&t=8714s

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq