Yil boshidan 7,8 ming kilometr optik tolali aloqa kabellari yotqizildi
24.07.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stragegiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 2-martdagi PF–5953-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2020-yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratilishi, 12 ming km. optik tolali aloqa liniyalari yotqizilishi belgilangan. Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida joriy yil boshidan bugungi kungacha, Internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida 490 ming portga teng Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatildi, natijada ularning umumiy soni 2,5 mln.ga yetkazildi.

Shu kunga qadar respublika bo‘ylab jami 1 375 ta yangi tayanch stansiyalar o‘rnatilib ishga tushirildi.

Aytish joizki, shu kunga qadar asosan telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi 2G mobil tarmoqlarni kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoqning qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan, shu yilning o‘zida 2200 ta 3G/4G baza stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Telekomunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar 7,8 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 44,4 ming km.dan oshdi.

Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq