Oʻzbekistondagi ilk IT Park ochilishiga bir yil toʻlishi munosabati bilan “IT Park Rewind” onlayn marafoni boʻlib oʻtadi
22.07.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yilning 24-iyul kuni, 14:00 dan 18:00 ga qadar Oʻzbekistondagi ilk IT Park ochilganiga bir yil toʻlishi munosabati bilan onlayn marafon oʻtkaziladi.

Ushbu ajoyib kunda boshlangan tarix hozirgi kunda ham yangi bilim va tajriba gʻishtlarini tergan holda qurilishda davom etmoqda. Ochilish marosimidan buyon oʻtgan bir yil davomida amalga oshirilgan samarali ishlardan soʻng IT Park Oʻzbekistonda IT sohasini ommalashtirishga va rivojlantirishga yordam bergan holda katta yutuqlarga erisha oldi.

Hozirgi kunda 398 ta IT kompaniya IT Park rezidenti boʻlib, koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 670 mlrd. soʻmdan ziyodni, eksport hajmi esa – 11,2 mln. dollarni tashkil qilmoqda. Rezident kompaniylarda faoliyat olib boruvchi xodimlar miqdori 4046 kishini tashkil qiladi.

30 ta startap jamoa esa inkubatsiya va akseleratsiya dasturlaridagi oʻquv jarayonini yakunladi.

Bundan tashqari, IT Park umumiy sovrin jamgʻarmasi 2,5 mlrd. soʻmni tashkil qiluvchi, kibersport boʻyicha ikkita onlayn turnirini oʻz ichiga olgan, jami 40 dan ziyod loyiha va marosimlarni amalga oshirdi.  Maktab oʻquvchilari uchun mobil robototexnika boʻyicha “Future Skills Uzbekistan” IT olimpiadasi ham tashkil qilindi.

Shuningdek, asosiy ijrochisi IT Park boʻlgan bepul onlayn platformasi – “One Million Uzbek Coders” loyihasini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Ushbu loyihaning oʻziga xosligi shundaki, unda barcha xohlovchilar dasturlash asoslarini oʻzbek tilida bepul oʻrganishi mumkin. Bugungi kunga kelib platformada mamlakat boʻylab 60 000 dan ziyod foydalanuvchi taʼlim olmoqda. 5000 dan ortiq foydalanuvchi allaqachon loyiha bitiruvchisiga aylandi va muayyan IT mutaxassisliklar asosini oʻrgangan holda oʻz oʻquv jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Yangi oʻquv yilidan boshlab “One Million Uzbek Coders” oʻquv dasturi Respublikadagi maktab va universitetlarda oʻrgatila boshlanadi. 250 000 dan kam boʻlmagan maktab oʻquvchilari va talabalar 2020-2021 oʻquv yilida ushbu platformada taʼlim oladilar.

Taʼlim haqida gapirar ekanmiz, aytish lozimki, Oʻzbekiston boʻylab 30 ta IT Markaz ochildi va ularda 7200 oʻquvchi taʼlim oldi. Shuningdek, IT Markazlarda 80 dan ziyod ish oʻrni va 116 ta onlayn videodars yaratildi. 2021-yilga kelib yurtimizning har bir tuman markazida IT Markazlar ochiladi va unda IT dunyosining eng kerakli va aktual fanlari oʻqitiladi.

Qolaversa, bugungi kunda IT Park qoshidagi IT Markaz va IT Akademiyalarda har bir xohlovchi yurtimiz uchun hattoki begona boʻlgan kibersport va mobil robototexnikani oʻz ichiga olgan 10 dan ziyod yoʻnalishlarda taʼlim olishlari mumkin. IT Park esa Oʻzbekistonning har bir hududida oʻz filiallarini ochadi.

Biroz oldinga ilgarilagan holda aytishimiz mumkinki, IT Park Oʻzbekiston poytaxtida 6 gektar yerni qamram oladi va u yerda quyidagilarni oʻz ichiga olgan binolar kompleksi qad rostlaydi: IT ofislar, IT otel, IT laboratoriya, kovorking markazlari, anjuman zallari va hattoki IT universitet.

IT Park ochilishi sharofati bilan tashkil qilinayotgan onlayn marafonga keladigan boʻlsak, ushbu mazmunli kunda mehmonlar bizning muvaffaqiyatli IT tadbirkor va frilanserlardan tashkil topgan hurmatli spikerlarimizni koʻrishlari va tinglashlari, axborot texnologiyalari dunyosining aktual va dolzarb mavzulari boʻyicha suhbatlashishlari va muhokama qilishlari, oʻzlariga qiziq boʻlgan savollarni berishlari hamda qiziqarli javoblar olishlari mumkin boʻladi.

Onlayn marafonning spikerlari:

  • IT Park direktori – Farxod Ibragimov;
  • Google katta injener dasturchisi – Nodir Toʻraqulov
  • IT Markazlar direktori – Nodir Alibekov;
  • Oʻzbekiston venchur investitsiyalari assosiatsiyasi raisi – Dilshod Zufarov;
  • Texnologik tadbirkorlik va venchur fondini rivojlantirish boʻyicha kompaniya hamda Startech.vc, Startupbootcamp Russia venchur fondi va Xitoydagi rus akseleratori hamasoschisi – V. Zdorenko (Rossiya)
  • Vronica kompaniyasi asoschisi, Gamedev Goethe inkubatori rahbari – A. Salixov va boshqalar.

Onlayn marafon har biri muayyan vaqtda oʻtkaziluvchi va bir qancha taqdimot va mavzularni oʻz ichiga olgan ikki blokka boʻlingan.

1-blok – “IT taʼlim” (14:15-15:40);

2-blok – “Oʻzbekiston startaplari” (15:40-18:30).

Onlayn marafon 2020-yilning 24-iyul sanasida, 14:00 dan 18:00 ga qadar IT Parkʼning Youtubeʼdagi kanalida jonli efirda boʻlib oʻtadi. Barcha xohlovchilar unda ishtirok etishi mumkin, roʻyxatdan oʻtishning oʻzi kifoya.

Youtube kanali: https://www.youtube.com/channel/UCZWqg4oxo2PyLGuQifUbeqg

Ro’yxatdan o’tish: https://bit.ly/marathon_uz

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq