Aloqa va axborotlashtirish sohasida katta yo‘qotish
22.07.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 20-iyul kuni “Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi Kapital qurilish bo‘yicha direktori Abduazizov Alisher Abdushukurovich bevaqt olamdan o‘tdi.

Abduazizov Alisher Abdushukurovich 1961-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1983-yilda boshlab, Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Respublika axborot-kutubxona markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida turli rahbarlik lavozimlarda faoliyat olib borgan hamda soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Ayni kunga qadar «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» Kapital qurilish bo‘yicha direktor lavozimida mehnat faoliyatini olib borayotgandi.

Alisher Abdushukurovich Abduazizov Aloqa va axborotlashtirish sohasining rivojiga katta hissa qo‘shgan rahbarlardan biri bo‘lib, masʼuliyatli, samimiy, o‘z kasbining ustasi, jonkuyar va fidoyi inson edi.

Alisher Abdushukurovich o‘zi faoliyat yuritgan barcha mehnat jamoalarida nafaqat rahbarlik jihatlari, balki insoniy fazilatlari bilan ham katta hurmatga sazovor bo‘lgan inson edi. Ilohim ohiratlari obod bo‘lsin!

“Radioaloqa, radioeshttirish va televideniye markazi” DUK mehnat jamoasi marhumning qarindosh va yaqinlariga, hamkasblariga chuqur taʼziya va hamdardlik izhor etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq