Oʼzbekistonda sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasi qabul qilinadi
16.07.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihlari muhokamasi portalida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «2021-2022 yillarda Oʼzbekiston Respublikasida sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasi»ga oid farmoni loyihasi muhokamaga qoʼyildi.

Olimlarning taʼrifiga koʼra, sunʼiy intellekt insonning mantiqiy va ijodiy funktsiyalarini bajaruvchi intellektual sunʼiy tizimdir.

Sunʼiy intelekt hozirgi axborot asrida nihoyatda dolzarb boʼlib, insoniyat sunʼiy intellekt orqali XXI asrning global muammolariga ilm-fanda yangi imkoniyatlarni kashf etish yoʼli bilan ijobiy yechimlarni topadi. Shuningdek, bu tibbiyot, taʼlim, energetika, qishloq xoʼjaligi, shaharsozlik va boshqa barcha sohalarda sifatli xizmat koʼrsatish imkoniyatlarini oshiradi.

Sunʼiy intellektni rivojlantirishda oliy taʼlim muassasalarining oʼrni yildan-yilga ortib bormoqda. 2019-yil yakuni boʼyicha Xitoy Xalq Respublikasi oʼzining oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan dunyo mamlakatlari ichida dastlabki 10 talikda yetakchilikni qoʼlga kiritdi. Keyingi oʼrinlarni Koreya, АQSh, Yaponiya va Yevropa davlatlari egallagan. Umuman, dunyoda sunʼiy intellektga talab va uning qoʼllanilish sohasi ham ortmoqda.

Mamlakatimizda ham soʼnggi yillarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, soha va tarmoqlar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, «aqlli dasturlar»ning qoʼllanish sohasini kengaytirish boʼyicha davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ijro etilmoqda.

Loyihada esa bevosita sunʼiy intellektni rivojlantirish uchun muhim boʼlgan hujjatlar keltirilgan.

Ushbu havola orqali farmon bilan toʼliq tanishish va taklif bildirish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq