Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT-maktabi EPAM kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
09.07.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab jahonga mashhur EPAM Systems kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari uchun xalqaro kompaniya mutaxassislari ishtirokida treninglarni o‘tkazish va O’zbekistondagi IT-sohasi vakillari o’rtasidan yuqori malakali va yetuk murabbiylar — mentorlarni tayyorlashdir. Treninglarda veb dasturlash bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlari bo’lib o’tadi.

EPAM Systems — dasturiy ta’minot ishlab chiqish va IT-sohasida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jahondagi eng yirik korxonalaridan biri. Bugungi kunga qadar kompaniya 30 dan ortiq mamlakatlarda faoyliyat ko‘rsatmoqda. Kompaniya MDH davlatlarida ham o‘z vakolatxonalarini ochgan (Rossiya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston). Bundan tashqari, EPAM Systems Belarus Yuqori texnologiyalar parkining rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq