Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari uchun “Onlayn oromgoh” loyihasi ishga tushirildi
02.07.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi “Onlayn oromgoh” loyihasini ishga tushirdi.

Mazkur loyiha Agentlik tizimiga kiruvchi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining boʻsh vaqtini qiziqarli va samarali tashkil etishga qaratilgan.

“Onlayn oromgoh” loyihasi doirasida agentlik tarkibiga kiruvchi maktab oʻquvchilari musiqa, xorijiy tillar, rasm, dasturlash, grafik va dizayn, jismoniy tarbiya kabi yoʻnalishlar boʻyicha onlayn darslar yordamida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlari mumkin.

Shu bilan birga, loyiha doirasida oʻquvchilar ishtirokida turli tanlovlar ham tashkil qilish rejalashtirilgan.

Agentlikning yangi loyihasi hozirgi kunda faqat Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari uchun ochiq. Agentlik maktablarga tizimga kirish uchun login va kalit soʻzlar taqdim etdi.

— “Onlayn oromgoh” loyihasi oʻquvchilarimizga darsdan tashqari vaqtlarini unumli va mazmunli oʻtkazishlari uchun tashkil etildi. Loyiha oʻquvchilarga qiziqarli boʻlishi uchun yana-da takomillashtirib boriladi. Umid qilamizki, mazkur loyiha doirasida yoshlarimiz bilimlarini oshirib boradilar, — dedi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Sarvar Babaxodjayev.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq