O‘zkomnazorat plastik karta raqami, muddati va SMS orqali kelgan maxfiy kodni oshkor qilmaslikni so‘raydi
30.06.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi avval bir necha marta pasport nusxasini ijtimoiy tarmoqlardan jo‘natmaslik, yolg‘on SMS xabarlarlarga ishonmaslik, Telegram’da taniqli brendlar nomidan ochilgan “fake” kanallar va guruhlarga aldanmaslik, plastik kartaga pul tushirib berishni va’da qilayotgan notanish kimsalarga ishonmaslikni, shuningdek internet orqali buyumlar xarid qilish va sotishda shaxsiy axborot xavfsizligiga rioya qilishni tavsiya etgandi.

Shunga qaramay, Telegram’dagi firibgarlar sxemalariga aldanib qolish holatlari uchrab turibdi. Jumladan, Guliston davlat universiteti talabasi 30 million so‘mga yaqin pullarni fuqarolarning plastik kartalaridan o‘g‘irlab olgani, Farg‘ona davlat universiteti talabasi ham 20 million so‘mga yaqin mablag‘ni internet firibgarligi yo‘li orqali o‘zlashtirgani bu borada xushyorlikni oshirish lozimligini ko‘rsatmoqda.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi fuqarolardan bu kabi firibgarlikdan ogoh bo‘lishni, plastik karta suratlarini, raqamlarini Telegram’dagi guruhlarga joylamaslik, SMS xabarnomadagi maxfiy raqamni ham oshkor etmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni (pasport va boshqa hujjatlar nusxalari) ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborishda ehtiyotkor bo‘lishni maslahat beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq