Butun bir mashina manekenlar, nikoh uzuklari va parik uchun sochlar. Yandex.Taxi “Yetkazish” yordamida yana nimalarni yuborish mumkin?
30.06.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Yandex.Taxi O’zbekiston foydalanuvchilari bir-birlariga “Yetkazish” tarifida nimalar yuborishlarini aniqladi. Xizmat qoidalari yuboruvchini yetkazmani tariflashga majbur qilmaydi. Biroq, foydalanuvchilar yetkazma nima ekanligini o’zlari aytishadi. Xizmat haydovchilar orasida so’rov o’tkazdi va tarif yo’lga qo’yilgandan boshlab eng ko’p yetkaziladigan narsalar va noodatiy holatlarni yig’di.

Eng ko’p O’zbekistonda quyidagilarni berib yuborishadi tayyor ovqat, kiyim-kechak, elektr uskunalar, gul, kalit va hujjatlar. Kamdan kam holatda qurilish materiallarini, avto buyumlar va kosmetika vositalarini berib yuborish uchraydi.

“Yetkazish” xizmatida hayvonlarni berib yuborish mumkin bo’lmasada, foydalanuvchilar mushukcha, kuchukcha, gapiradigan to’tiqush, quyon va hattoki uyadagi asalarilarni yuborishga harakat qilib ko’rishgan.

Haydovchilar ular tashigan eng noodatiy narsalar haqida bo’lishishdi. Masalan, bitta piyoz, parik uchun soch, tualet qog’ozi ruloni, oltin va butun salonni egallagan ko’p manekenlar.

Noodatiy to’plamlar ham uchrab turadi — bir marta haydovchi bitta erkaklar paypog’i bilan galstuk yetkazgan.

“Yetkazish” xizmatida dilkash holatlar ham bo’lib turadi. Shunday qilib Toshkent iste’qomatchisi Yandex.Taxi yordamida suyuklisiga nikoh uzugini berib yubordi. Ma’lum bo’lishicha juftlik karantin tufayli onlayn-shaklni qo’llab nikohni qayd etishga ariza bergan ekan. Boshqa bir foydalanuvchi paket mahsulotlarni yuborishga qaror qilgan, lekin qabul qiluvchini ko’rsatmagan. U kimga bu ayni vaqtda zarur bo’lsa o’shanga yetkazishni iltimos qildi. Haydovchi buni o’z mahallasidagi yoshi ulug’ qo’shnisiga yetkazishni ma’qul ko’rdi.

Yandex.Taxi xizmati “Yetkazish” xizmatini shu yilning aprel oyida yo’lga qo’ydi. Uni ilovaning boshqa tariflari orasida topish mumkin — oddiy buyurtmani amalga oshirish qismida. “Yetkazish” yordamida foydalanuvchilar yetkazmani, masalan kiyim, taom yoki dorilarni yaqinlariga berib yuborishlari mumkin, katta bo’lmagan kompaniyalar esa — mijozlariga buyurtmalarni yuborishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq