O‘zbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi yana ko‘tarildi
29.06.2020
Rukn: Internet.
Muallif: .

2020-yil iyunning ikkinchi yarimi holatiga ko‘ra “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi “COVID-19” Internet global sur’atiga ta’siri’’ni e’lon qildi. Buning natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet tezligi 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

Jahon miqyosida “COVID-19” pandemiyasi sharoitida iyun holatiga ko‘ra internet tezligi (Fixed Speed Change) 2 foizga, global mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa dunyo bo‘ylab 8 foizga ko‘tarilgan.

O‘zbekistonda internet tezligi esa, 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa 16 foizga ko‘tarilgan.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda oxirgi bir yilda internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Tahlillarga ko‘ra internet tezligi qariyb 2,3 barovarga o‘sgan. 2019-yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/s. bo‘lgan bo’lsa, 2020-yil 1-iyun holatiga ko‘ra 26,77 Mbit/s. ni tashkil etdi. 2020-yil 15-iyun holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda internet tezligi 27,59 Mbit/s. gacha ko‘tarildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq