TATUda yangi magistratura yoʻnalishi ochildi
25.06.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Raqamli qishloq xoʻjaligi uchun yangi va innovatsion kurslar — NICoPA” (2018-2021) loyiha asosida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari” magistratura yoʻnalishi ochildi.

Ushbu yoʻnalishning boʻlajak magistrantlari Yevropaning nufuzli universitetlari (Technical university of Berlin, Agricultural university Plovdiv, Czech university of Life sciences Prague) bilan hamkorlikda tayyorlangan oʻquv reja asosida taʻlim olishadi.

Bunda Geoaxborot tizimlari, Masofadan zondlash texnologiyalari va ilovalari, SENTINEL-1-2-3 tasvirlari bilan ishlash, Kompyuter koʻrishi, Geoportal, geoxizmat, geotahlil tizimlari uchun veb texnologiyalar, Raqamli qishloq xoʻjaligi asoslari, Geoaxborot tizimlarida sunʻiy intellekt va boshqa shu kabi mutaxassislik fanlari asosida zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq