Аqlli bank kontseptsiyasi amalda joriy etilmoqda
25.06.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan «Аqlli bank» kontseptsiyasi ishlab chiqilib, АT «SAVDOGARBANK» hamkorligida joriy qilinmoqda. Mazkur kontseptsiyaning ishlab chiqilishidan asosiy maqsad – mijozlarga mustaqil on-layn bank xizmatlarini koʼrsatish markazi faoliyatini tashkil etishdir.

«Аqlli bank» kontseptsiyasi mijozlar uchun kartomatdan 5 daqiqa ichida plastik karta tayyorlab berish, hisob raqam ochish va uni boshqarish, omonat ochish, xalqaro pul oʼtkazmalaridan foydalanish, valyuta ayriboshlash, kredit xizmatlaridan foydalanish, mijozlarning bankka on-layn murojaat va muloqot qilish hamda bank xodimlaridan koʼrsatilayotgan xizmatlar boʼyicha maslahatlarini olishni nazarda tutadi.

Banklarni raqamli texnologiyalardan foydalanishga oʼtishi va mavjud dasturiy taʼminotlarining yangilanishi nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishga, balki ortiqcha xarajatlarni qisqartirishga olib keladi. Mazkur loyiha banklar tomonidan xizmat koʼrsatilishida «inson omili»ni kamaytirishga, banklar faoliyatining natijadorligini oshirishga, mijozlarga koʼrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilanishiga qaratilgan. Bunda mazkur kontseptsiya Oʼzbekistondagi mavjud bank xizmatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Shuningdek, COVID-19 koronavirus pandemiyasi sharoitida «Аqlli bank» loyihasi bank xizmatlarini aholi va tadbirkorlarga uzluksiz koʼrsatilishini taʼminlaydi.

Loyiha joriy qilinishi natijasida mijozlar bank xodimlari ishtirokisiz onlayn oʼz-oʼzlariga xizmat koʼrsatishi orqali bank xizmatlaridan tezkor ravishda foydalanishadi. Bir vaqtning oʼzida bir nechta mijoz kunning istagan paytida, yilning istagan kunida oʼz-oʼziga xizmat koʼrsatish imkoniyatiga ega boʼladi.

Shuningdek, ushbu loyiha mijozlarga on-layn muloqot qilish imkoniyatini taqdim etadi. Xususan, yuzaga keladigan savollar boʼyicha bank xodimlari bilan on-layn muloqot qilib maslahat olish yoʼlga qoʼyiladi. Bank xodimlari mijozlarga muayyan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi, uni moliyalashtirish istiqbollari va bank kreditlaridan foydalanish boʼyicha masofadan turib toʼgʼridan-toʼgʼri maslahat berib bordilar va arizalarini qabul qiladi. «Аqlli bank» loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligining innovatsion yechimlarni ishlab chiqish boʼyicha koʼp yillik hamkori «SAVDOGARBANK»resurslari hisobidan moliyalashtirilgan boʼlib, loyihaning dastlabki qiymati 350 mln. soʼmni tashkil etadi. Keyingi bosqichlarda Oʼzbekistondagi boshqa tijorat banklarini ham jalb etgan holda bank xizmatlarini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq