Buxoro markazida yangi IT-markaz oʻz ishini boshladi
24.06.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda.

Xususan, Buxoroda aholini IT mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish va kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish uchun zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan yangi IT-markaz ishga tushirildi.

Buxoroda ushbu markazning ochilishi, 100 dan ziyod yangi IT-korxonalar yaratish, 35 mingdan ortiq yangi tinglоvchilarni qabul qilish va 1000 dan ziyod davlat xizmatchilarining malakasini oshirish imkonini beradi. Oʻqituvchilar axborot texnologiyalari boʻyicha malakalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida turli xil amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari, qoʻshma loyihalar, shuningdek, Buxorodagi markaz rezidentlari bilan frilans va startap loyihalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, 2020-yil oxiriga qadar Buxoro viloyatida yana 6 ta, 2021-yil oxiriga qadar esa viloyatning barcha shahar va tumanlarida jami 13 ta IT-markazlar ochiladi.

Bundan tashqari, 2020-yil oxiriga kelib, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida mintaqadagi 533 ta umumta’lim maktab 7–11 sinflarida 134,4 ming oʻquvchini oʻqitish rejalashtirilgan.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2022-yil oxiriga qadar Buxoro viloyatida AKT sohasiga ixtisoslashgan 2 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq