Uy-joy kommunal sohasiga raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi sifatli xizmat ko‘rsatishga asos bo‘ladi
23.06.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekistonda 2020-yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili” deb e’lon qilingani bejiz emas. “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” uchun qabul qilingan Davlat dasturi joriy yilda Prezident tomonidan qo‘yilgan bir qator yirik vazifa va loyihalarni amalga oshirishi ham ko‘zda tutilgan.

Joriy yil 28-aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilangan edi.

Bugungi kunda ushbu qaror asosida barcha iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga raqamli texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Mazkur dasturning dolzarb yo‘nalishlaridan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidir. Mazkur yo‘nalishi bo‘yicha qator muhim loyihalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Masalan, kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida dispetcherlikni avtomatlashtirish masalasi eng dolzarb masalalaridan biri. Mazkur loyihani amalga oshirilishi fuqarolarimizga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlaring sifatini oshirishga, vaqt va pul xarajatlarini keskin kamayishiga imkon yaratadi.

Oshkoralik va shaffoflik ta’minlash masalalari ham uy-joy kommunal sohasida eng dolzarb masalalaridan biri. Ularni ta’minlash uchun uy-joy kommunal sohasida loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash, qurilish ob’yektlari tendrlarini o‘tkazish, qurilish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqishi nazarda tutilgan.

Uy-joy kommunal sohadagi dolzarbligi yuqori bo‘lgan va haligacha o‘z yechimini topa olmagan masalalar o‘rtasida suv tejamkorligi masalasi alohida o‘rin tutadi. Bu borada ikkita loyiha taklif qilindi — suv ta’minoti hamda kanalizatsiya ob’yektlarining geoaxborot tizimini shakllantirish hamda ichimlik suvini ishlab chiqarish va taqsimlash bo‘yicha inshootlarda suv hisobini elektron tarzda yurituvchi axborot tizimini joriy etish. Mazkur loyihalarni amalga oshirilishi, shubhasiz, suv tizimini samarali boshqarishda zamin yaratib beradi.

Uy-joy kommunal sohasi yirik va muhim tarmoq bo‘lganligi bois uni samarali boshqarishda jamiyat nazoratining o‘rni o‘ta yuqori. Shuni inobatga olgan holda “Uy-joy kommunal” axborot tizimini joriy etilishi ham nazarda tutilgan. Mazkur tizim orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha elektron hujjatni shakllantirish va fuqarolar bilan hududlarni obodonlashtirish holati to‘g‘risida axborot almashish va reytingni belgilash vazifalari ko‘rsatilgan.

“Elektron hukumat” kompleks dasturi doirasida uy-joy kommunal sohasini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalar, shubhasiz, yuqori dolzarblik va muhimligiga ega. Va ularning amalga oshirilishi va joriy etilishi, o‘z navbatida, aholi uchun taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va fuqarolarimizning turmush darajasini ko‘tarishga yordam beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq