Toshkentdagi Amiti universitetida Jahon Banki bilan hamkorlikda vebinar o‘tkazildi
22.06.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkentdagi Amiti Universitetida Jahon banki bilan birgalikda «COVID-19″ pandemiyasiga qarshi butun dunyoda va O‘zbekistondagi choralar» mavzusida vebinar tashkil etildi.

Jahon banki-rivojlanayotgan mamlakatlar uchun moliyalashtirish va bilimlarning eng katta manbalaridan biri bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarga COVID-19 pandemiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga yordam berish uchun keng va tezkor choralar ko‘rmoqda.

Vebinarda ishtirok etgan Jahon bankining xalqaro ekspertlari, BMTning Taraqqiyot dasturi vakillari, yurtimizdagi qator davlat idoralari mutaxassislari dunyoda davom etayotgan COVID-19 pandemiyaga qarshi kurash, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlarning ijobiy natijalar berayotgani xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Vebinar doirasida dunyo bo‘ylab ochiq ma’lumotlarga asoslangan COVID-19 pandemiyasiga qarshi choralar muhokama qilindi va ushbu mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 ta loyihaning taqdimoti o‘tkazildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq