CableFree: Huawei 5G tarmog‘i uchun antеnnalar dizaynida yangi yutuqlarni namoyish etmoqda
22.06.2020
Rukn: Texnologiya. Teglar:
Muallif: .

Yaqinda Huawei kompaniyasi CableFree antennalari uchun yangi texnologiyalar taqdimotini o‘tkazdi. Yangi texnologiya bazaviy stantsiyalarga ko‘plab, xususan, integratsiyalashuv, FIK tarqalishi va quvvatlanish kabi eng muhim imkoniyatlarni sezilarli darajada mukammallashtirishga yordam beradi.

5Gning foydalanish uchun joriy etilishi orqali mobil tarmoqlar kontekstida ko‘proq ovozlardan va MIMOning yanada yuqori tartibidan foydalanish nazarda tutiladi. Bu antennaning ko‘p diapazonli tuzilmasida ichki murakkabliklarning haddan ziyod ko‘payishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida, uni loyihalashtirishda qator muammolarni keltirib chiqaradi. Bu kabi muammolar qatoriga antennaning ishlash unumi, quvvati, ishonchliligi va ishlab chiqarish samaradorligini kiritish mumkin.Huawei tomonidan tavsiya etilayotgan CableFree texnologiyasi antennaning ishlash unumdorligini ahamiyatli darajada yaxshilash va 5G tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha talablarni qondirish maqsadida antennaning joriy tuzilishidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.

1. 5G uchun nihoyatda yuqori tezlikdagi qamrov. 5G qamrovli chiquvchi kanalni ishga tushirish uchun yuqori chastotali zonalarni joriy etish. Pirovardida, yuqori tezlikdagi qamrov 5Gning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun juda zarur hisoblanadi.CableFree antennaning FIK tarqalishini taxminan 20%ga oshiradi va bu bilan 5G davridagi sifatli qamrovni yanada kengaytiradi.

2. 5G ko‘p tarmoqli va ko‘p kanalli ilovalarning ishlashini osonlashtirish uchun chiqish signalining nisbatan yuqori darajasi. 5G o‘tkazish quvvati va tezligi bo‘yicha yuqori talablarni qondirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, u yuqori tartibdagi MIMO texnologiyalarining yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish zaruriyatini ifodalaydi. Mazkur yo‘nalishga moslashish uchun antennalar 1 kVt ga ega yuqori quvvatga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim, bu radioulanishlarning avvalgi texnologiyalariga nisbatan taqqoslanadigan bo‘lsa, 500-600 Vtdan ham yuqori. CableFree antennaning quvvatini 80%dan ziyodga kuchaytiradi, bu esa 5G davrida chiqish signalining nisbatan yuqori darajadagi talablariga muvofiq keladi.

3. O‘rnatishni birmuncha yengillashtiruvchi antennaning kamaytirilgan og‘irligi. Antenna tarkibiy qismlarining nisbatan yuqori integratsiyasi antennaning og‘irligini kamaytirishga samarali yondashuvni ta’minlab beradi. CableFree bilan olti diapozonli antenna 10 kg ga yengilroq bo‘lishi mumkin. Ko‘p diapozonli antennaning og‘irligi 50 kg gacha yetishi mumkin. Natijada esa, antennani o‘rnatishda krandan foydalanish talab etilmaydi, bu esa o‘rnatishni osonlashtiradi va xarajatlarni kamaytiradi.

4. PIMning yaxshilangan samarasi. PIM passiv intermodulyatsiya uchun qisqaroq bo‘lib, antennalarning ikkita metall mexanik tarkibiy qismlarining tutashuvida signallarning o‘zaro bog‘lanishlarini aks ettiradi. CableFree antennalardagi vintlar va kavsharlangan nuqtalar sonini 80%ga kamaytiradi, ayni vaqtda, bu orqali PIMning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlagan holda, PIM qaltisliklarini kamaytiradi. Oxir oqibat yuzaga kelgan yangi arxitektura va jarayon ishlab chiqarishning avtomatlashuvini va partiyalar o‘rtasidagi muvofiqlikni ijobiy tarafga o‘zgartiradi.

CableFree bir qator inqilobiy texnologiyalar va uslublarni, shu jumladan, kabelsiz uzatishlar va integral fazaaylantirgichlarni o‘zida jamlaydi. Bu antennalar integratsiyasini sezilarli kuchayishiga olib keladi, natijada esa ularning ish samaradorligi ortadi. Bugungi kunda CableFree Huawei kompaniyasining Pro, GoldenMini va LondonPro seriyasidagi myunxen antennalarida hamda 32T32R Massive MIMO mahsulotlari doirasida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda va bu mijozlar tomonidan yuqori sifatli 5G tarmoqlarining jadal yoyilishiga imkon yaratmoqda.

Huawei antennalar ishlab chiqarish (Antenna Business Unit) bo‘linmasining prezidenti, janob Chjan Szyai (Zhang Jiayi)ning ta’kidlashicha: “Antennalar 5G tarmoqlari uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Nisbatan yuqori ish samaradorligi va integratsiya 5G davrida antennalar bozorini rivojlantirishning asosiy innovatsion yo‘nalishi hisoblanadi. CableFree mazkur industriyada ilg‘or texnologiyalarning namunasi sifatida antenna tuzilishidagi kamchiliklarni bartaraf qiladi”. Huawei muntazam ravishda 5G maqsadli tarmoqlari uchun buyurtmachining talablari asosida innovatsiyalarni joriy qilishga intiladi, bu bilan esa, o‘z mijozlariga foydali va yuqori samarador tarmoqlarni keng yoyish va 5G davrida biznesda yutuqlarga erishish uchun imkoniyatlar yo‘lini ochib beradi”.

5G diapazonlarida kengroq qamrovga ega bo‘lish uchun antenna quvvatini jiddiy oshirish talab etiladi. Bu yana bunday keng qamrovni ta’minlash uchun ko‘p polosali koordinatsiyani ham talab etadi. Bunga 1,8 GGts va 2,1 GGts dan foydalanishni aniq bir misol sifatida keltirish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq