IT Park hamda MDIS Tashkent oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi
17.06.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IT Park nomidan Direktor Farxod Ibragimov hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti nomidan rektor Jasur Solixov oʻrtasida hurmat va ishonch prinsiplariga asoslangan holda hamda oʻzaro foydali hamkorlikdagi ikki tomonlama manfaatdorlikdan kelib chiqib, axborot texnologiyalari sohasi rivoji muhimligini hisobga olib, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va IT-taʼlim ekosistemasini yaratish maqsadida Memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum doirasida Tomonlarning quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qilishi koʻzda tutilgan:

1. Tomonlar oʻrtasida bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2. Donorlarni jalb qilgan holda qoʻshma loyihalar, grantlar va h.k.lar.

3. Startap-ekosistemalar rivoji yoʻlidagi hamkor loyihalar.

4. Oʻqituvchi va murabbiylarni alohida dasturlarni amalgan oshirish maqsadida oʻzaro almashish.

5. Loyiha amalga oshirilishi yoʻlida institut infrastrukturasi va binolardan birgalikda foydalanish, shuningdek startap-ekosistema rivoji uchun IT Park tadbirlari uchun binolardan alohida holda foydalanish.

6. Oʻzaro hamkorlikdagi boshqa yoʻnalishlar.

Ushbu memorandumning imzolanishida, loyiha va marosimlarinng sifatli amalga oshirilishi uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida AKT sohasi yanada jadal rivojlanishi yoʻlida tomonlarning birgalikda intilishlari maqsad qilingan.

Hamkorlikning asosiy loyihalaridan biri OTM qoshida inkubatsiya markazi tashkil qilish hisoblanadi. Inkubatsiya markazi bu Turizm va Biznes yoʻnalishlarida universitet startap loyihalari rivojlanishi uchun xizmat qiluvchi maydonchadir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq