«Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari» elektron darsligi
16.06.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Dastur oliy taʼlim muassasalari uchun moʼljallangan boʼlib, zamonaviy chet el adabiyotlari asosida tayyorlangan. «Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari» fani «Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari» taʼlim yoʼnalishi uchun ixtisoslik fani hisoblanadi.

Dasturda shaxsiy kompyuterlarda, hisoblash tizimlarida, kompleks va tarmoqlarda maʼlumotlar bazasini tashkil qilish usullari, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlarini tuzish prinsiplari, maʼlumotlar bazasini loyihalashtirish yoʼllari va uslublarini oʼrganish, taqsimlangan maʼlumotlar bazasini yaratish prinsiplari hamda ular asosida zamonaviy avtomatlashtirilgan informatsion tizimlarni loyihalash va yaratish masalalari batafsil yoritilgan.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

— foydalanuvchida maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlariga oid materiallarni shakllantirish haqida toʼliq tasavvurni hosil qilish;

— mavzular boʼyicha maʼruzalar, laboratoriya mashgʼulotlari, amaliy mashgʼulotlar, prezentatsiyalar, videolavhalar, havolalar keltirilgan;

— dasturni yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanilgan;

— elektron kutubxonada berilgan tegishli adabiyotlarni word, pdf, djvu formatlarda ochib oʼqish mumkin;

— dasturda tezkor va qulay qidiruv funksiyasi nazarda tutilgan;

— roʼyxatdagi barcha maʼlumotlar yoki qidirib topilgan hamda filtrlangan natijalarni Excel, HTML, XML yoki oddiy matnli formatda saqlash imkoniyati mavjud.

Dastur muallifi Xujanazarov Zayniddinga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 08066 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq