Onlayn data-hakaton AI&Data Challenge uchun ro’yhatga olish davom etmoqda
14.06.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Eslatib o’tamiz, Strategik tashabbuslar agentligi va Jahon banki IT Park ko’magida ma’lumotlarga ishlov berishning katta texnologiyalari va sun’iy intellekt yordamida global ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan World AI & Data Challenge xalqaro tanlov o’tkazdilar.

O’zbekistonda onlayn-hakaton birinchi bor o’tkaziladi. Onlayn-xakaton Rossiya Federatsiyasining Strategik tashabbuslar agentligi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro tanlov doirasida 2020-yil 27-28 iyun kunlari bo’lib o’tadi! Hakaton IT Park, Jahon banki, YEXHTning O’zbekiston loyihalari koordinatori, Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.

Onlayn hakaton AI & Data Challenge xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan 48 soatlik raqobatli onlayn marafon. Bu hakatonning oflayn versiyasidan ancha qulayroq! Hamma narsa onlayn rejimida videokonferentsiyalar, repozitoriyalar va turli xil onlayn vositalar bilan ishlash orqali amalga oshiriladi. Uyda, qulay sharoitda siz, san’atkor kabi, o’zingizning loyihangizni yaratishingiz va ishlashingiz mumkin! Ushbu tadbirda 150 dan ortiq ishtirokchilarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Hakatonda qatnashish uchun sizga quyidagilar kerak:

  1. Saytda ro’yxatdan o’tish: https://leader-id.ru;
  2. Arizani quyidagi havolada yuboring: https://leader-id.ru/event/51894/;
  3. Qollanmalarni o’tkazib yubormaslik uchun pochtangizga bizdan keladigan xabarlarni kuzatib boring;
  4. Va albatta 27-28 iyun kunlari bo’lib o’tadigan hakatonda qatnashish. U yerda siz insoniyatning global muammolarini suniy intellekt va ochiq ma’lumotlar ekspertlari bilan yechish yo’llarini ishlab chiqasiz (jamao bilan va yakka holda!).

Va yana:

  1. Yechimingizni mukammallashtiring va akseleratsiyadan o’ting;
  2. Yechimingizni xalqaro miqyosda yo’lga qo’ying va sovrinlarga ega bo’ling.

Hackathon bizning yosh mutaxassislarimizga insoniyatning global muammolarini hal etishda qo’shilish va AI & Data vositalaridan foydalangan holda xalqaro miqyosda o’zlarining eng yaxshi echimlarini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.

Musobaqa haqida batafsil ma’lumot: https://it-park.uz/ru/uzbekistan-vpervye-uchastvuet-na-mezhdunarodnom-konkurse-world-ai-data-challenge/

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq