2020-yilda esa Farg’onada IT-park filiali ochiladi
14.06.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Prezidentning uchinchi tashabbusini amalga oshirish maqsadida Farg’ona viloyati Dangara tumanida IT-Markaz ochildi.
Ushbu IT-Markaz ikki qavatli binoda, shinam xonalardan iborat bo’lib, unda yoshlarga axborot texnologiyalarini o’qitish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Barcha IT-Markazlar, shu jumladan Farg’ona viloyatidagi IT-Markazning maqsadi – yosh avlodni axborot texnologiyalarining talabga ega kasblari bo’yicha o’qitish va butun respublika bo’ylab IT-madaniyatni yoshlar orasida tarqatish.
IT-markazlarda o’qitiladigan mavzular:
Kompyuter savodxonligi;
MS Office bilan chuqur ishlash;
Veb dasturlash tillari;
Grafika va dizayn asoslari;
Mobil ilovalarni yaratish;
Python dasturlash tili;
Arduino va LEGO Mindstorms asosida mobil robototexnika;
Shuningdek, kibersport: CS:GO, DOTA2, FIFA20.
2020-yildan 2021-yilgacha Bog’dod, Rishton, Quvasoy tumanlari va Qo’qon shahrida 19 ga yaqin IT-markazlarni ochish rejalashtirilgan. 2020-yilda esa Farg’onada IT-park filiali ochiladi.
IT Markazlari xaritasi: https://www.itcenter.uz/map/