Korruptsiyani oldini olish choralari muhokama qilindi
13.06.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 2-iyun kuni «O‘zbekiston pochtasi» AJning Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiya tashabbusi bilan Jamiyat ijroiya apparati va filiallar mutassadi xodimlari ishtirokida sohada korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Raqamli texnologiyalar — korruptsiya kushandasi” mavzusida videokonferentsiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda korruptsiyaning oldini olish, fosh etish va unga qarshi kurashish borasida tashkiliy-huquqiy choralar amalga oshirilib, korruptsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Xususan, 2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirgani bu boradagi muhim qadam bo‘ldi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning 2019-yilning 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Davra suhbati ishtirokchilari kun tartibi mavzusidan kelib chiqqan holda pochta aloqasi sohasida ham korruptsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan ayrim omillarni sohaga “raqamli texnologiyalarni” joriy etish orqali korruptsiya kelib chiqishining oldini olish choralarini muhokama qilishdi. Pochta xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida inson omili ta’sirini kamaytirish uchun sohaga ko‘proq raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurligiga urg‘u berildi.

Bu bilan bir qatorda, sohani kelajagini korruptsiyasiz birgalikda qurishni, buning uchun avvalo o‘zimizni o‘zimiz tarbiya qilishimiz, korruptsiyanining har qanday ko‘rinishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishning zarurligi ham alohida ta’kidlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq