Oleg Pekos vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
11.06.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyundagi qaroriga muvofiq, Pekos Oleg Andreyevich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan, bugun vazirlikda tayinlov bo‘lib o‘tdi.

O.Pekos shu vaqtga qadar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filiali direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Shu bilan birga, O.Pekos faoliyati davomida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida bir qator rahbar lavozimlarida mehnat qilgan. M.A.Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetida “Axborot tizimlari va texnologiyalari muhandisi” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

Pekos Oleg Andreyevich 1988-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq