Raqamli texnologiyalar — korrupsiya kushandasi
04.06.2020
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

O‘zbekiston pochtasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiya tashabbusi bilan Jamiyat ijroiya apparati va filiallari mutassadi xodimlari ishtirokida sohada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Raqamli texnologiyalar — korrupsiya kushandasi” mavzusida video konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish, fosh etish va unga qarshi kurashish borasida tashkiliy-huquqiy choralar amalga oshirilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratilgan.

Xususan, 2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirgani, Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu boradagi muhim qadam bo‘ldi. Ushbu hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilgan. Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilangan.

Videokonferensiya davomida davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish,korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, pochta tizimi faoliyati shaffofligini ta’minlash, pochta xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida inson omili ta’sirini kamaytirish uchun sohaga ko‘proq raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq