Xorazm viloyatining yangi tumanida pochta xizmatlari ko‘rsatiladi
03.06.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 24-martdagi qarori bilan Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etildi. Mazkur qaror O‘zbekiston rahbariyatining mamlakatimiz hududlarining ijtimoiy-ijtisodiy rivojlanishini yanada yaxshilash borasida qabul qilingan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish bilan bog‘liq zarur ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan bo‘lib unda aholiga xizmatlar turlarining ko‘paytirilishini ta’minlashga alohida urg‘u berilgan.

Shularni inobatga olgan holda, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Tuproqqal’a tumaninig ma’muriy markazi Pitnak shahrida 2020-yil 1-iyunidan Pitnak pochta aloqasi bog‘lamasi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish jarayonida mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida “O‘zbekiston pochtasi” AJ va uning Xorazm filiali amaliyotga joriy etiladigan barcha xizmat turlarini me’yoriy hujjatlar talablari asosida aholi va korxonalarga taqdim qilish va boshqa masalalar yuzasidan ko‘pgina ishlarni amalga oshirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq