O‘zbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi ko‘tarildi
03.06.2020
Rukn: Internet.
Muallif: .

2020-yil 1-iyun holatiga ko‘ra “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi “COVID-19” Internet global sur‘atiga ta‘siri’ni e’lon qildi. Buning natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil Internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

Jahon miqyosida “COVID-19” pandemiyasi sharoitida internetning o‘rtacha tezligi 1 foizga (Fixed Speed Change), mobil Internet tezligi 7 foizga o‘sgan xolos (Mobile Speed Change).

O‘zbekistonda esa internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

Ta‘kidlash kerakki, oxirgi yilda internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2020-yil aprel holatiga Internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston 94-pog‘onani egallagan. Ya‘ni, bir yil davomida 37 pog‘onaga ko‘tarilib 131-o‘rindan 94-pog‘onagadan joy oldi. O‘zbekistonda oxirgi yil natijalariga ko‘ra internet tezligi qariyb 2,3 barovarga o‘sgan. 2019-yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/s bo‘lgan bo’lsa, 2020-yil aprel holatiga ko‘ra 25,88 Mbit/s. gacha ko‘tarildi. 2020-yil 1-iyun holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda internet tezligi 27,12 Mbit/s.ni tashkil etdi.

Bundan tashqari oxirgi oy natijalariga ko‘ra mobil internet tezligi ham o‘smoqda: birgina 2020-yil aprel holatiga mobil Internet tezligi 9,68 Mbit/s. tashkil qilgan bo‘lsa, bir oy ichida mazkur ko‘rsatqich 11,92 Mbit/s.gacha o‘sdi!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq