“Yil fasllari” bolalar ijodiy rasmlari Respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi
01.06.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilgan Beshta tashabbus doirasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jo‘mladan, birinchi yo‘nalishi bo‘yicha — yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga izchil ishlar olib borilmoqda.

Yosh avlodning ijodiy salohiyatini amalga tatbiq etish, filateliyaga jalb etish, yangi syujetlarni izlash va jamiyatning e’tiborini pochta markalariga tortish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O‘zbekiston pochtasi” AJ 15-yanvardan boshlab 15-martgacha “Yil faslari” mavzuida “Dunyo bolalar nig‘oxida” maxsus pochta markalari turkumini chiqarish maqsadida bolalar ijodiy rasmlari Respublika tanlovni o‘tkazdi.

Tanlovda ishtirok etish uchun jami 2 167 ta rasmlar qabul qilindi, va ulardan 1 270 tasi tanlab olindi. Tanlovning natijalari yakunlandi va g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblarning ijodiy ishlari asosida pochta markalarining eskizlari tayyorlandi va DUK “Davlat belgisi”ga chop etish uchun topshirilgan. Joriy yil iyun oyida Baddiy ko‘rgazmalar direksiyasining Markaziy ko‘rgazma zalida bolalar rasmi ko‘rgazmasi va bolalar rasmlari asosida tayyorlangan pochta markalarining taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Yil fasllari” maxsus pochta markalari turkumi dizayneri U. Yusupaliyev. Turkum 4 markadan iborat bo‘lib, kvartblok ko‘rinishida chop etiladi.

Bolalar rasmlari asosida chiqariladigan “Yil fasllari” maxsus pochta markalari xat va banderollarda dunyo bo‘ylab tarqaladi. Va shunday qilib butun dunyo O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari ijodi bilan tanishadi.

Bolalar rasmlari Respublika tanlov natijalari bo‘yicha qo‘yidagilar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

1-o‘rin, Ulug‘bekov Fozilbek, 10 yosh, Toshkent sh., 150-sonli maktabi, «Yil fasllari» («Qish»);

2-o‘rin, Yamoldinova Renata, 10 yosh, Toshkent sh., 10-sonli musiqa va san’at bolalar maktabi, «Yil fasllari» («Bahor»);

3-o‘rin, Baxtiyorova Gulsanam, 11 yosh, Farg‘ona sh., 3-sonli musiqa va san’at bolalar maktabi, «Yil fasllari» («Kuz»);

4-o‘rin, Maxmudjanova Nilufar, 12 yosh, Toshkent, 260-sonli maktab, «Yil fasllari» («Yoz»).

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq