Olimjon Umarov yangi lavozimda ish boshladi
27.05.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-may PQ-4710-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga asosan mazkur lavozim joriy qilingan edi.
2017-yilning iyunidan boshlab hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.