Toshkent shahridagi Amity Universitetida kirish imtihonlari sanasi COVID-19 pandemiyasi tufayli boshqa kunga qoldirildi
21.05.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Avval xabar qilganimizdek, maoy oyining oxirlariga 2020-2021 o‘quv yili uchun birnchi kirish imtihonlarni o‘tkazilishi belgilangan edi. Abiturientlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi Amity universiteti ma’muriyati kirish imtihonlarning birinchi bosqichi vaqtini 2020 yil 20-21 iyunga tayinladi.
Eslatib o’tamiz, kirish imtihonlari quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
Xalqaro boshlang’ich dastur (Foundation)
- Bakalavr yo‘nalishi (Undergraduate):
- Axborot texnologiyalari (Bachelor of Science in Information Technology);
- Kompyuter injenering (Bachelor of Technology (Computer Science & Engineering));
- Iqtisodiyot (Bachelor of Arts (Honours) Economics);
- Turizm sohasidagi menejment (Bachelor of Arts (Tourism Administration);
- Biznes boshqaruv (Bachelor of Business Administration).
Magistratura yo‘nalishi (Postgraduate):
- Axborot texnologiyalari.
- Biznes boshqaruv.
Yangi 2020/2021 o’quv yillarga hujjatlarni topshirish boshlangan va shu kunga qadar ikki mingdan ortiq talabarlar ariza topshirdilar.
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi, to’liq ma’lumotni http://amity.uz/Application.aspx havolasi orqali olish mumkin
Qo‘shimcha ma‘lumotlar uchun: +998712079006, +998712079007