“Mehnat guvohnomasi“ mobil ilovasi o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladi
21.05.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-may kuni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘zini o‘zi band qilayotgan, qo‘lida kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Ya’ni, sartarosh, etikdo‘z, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi, taksist, tarjimon, dizayner, komp’yuter dasturchisi kabi o‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida bunday fuqarolarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha mobil ilova ishlab chiqiladi.

Mazkur mobil ilovani ishlab chiqish va tatbiq etish taklifini Innovatsion rivojlanish vazirligi Moliya-iqtisod sektoriga innovasiyalarni joriy qilish xamda tadqiq etish boshqarmasi tomonidan berilgan bo‘lib, u o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.

“Mehnat guvohnomasi“ deb shartli nomlangan mobil ilova o‘zini o‘zi band qilganlar masofadan turib mehnat organlarining elektron aloqa kanallari orqali o‘zaro hamkorligini ta’minlaydigan smartfonlar, planshetlar va boshqa mobil qurilmalarda ishlashga mo‘ljallangan dasturiy kompleksdir. Mazkur mobil ilova orqali o‘z-o‘zini ish bilan band qilayotgan fuqarolarni hisobini yuritish va ularni ijtimoiy himoyasini ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari tomonidan Mobile ID – yagona elektron raqamli imzo tizimi xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi mobil’ identifikasion texnologik dasturini joriy qilish taklifi ham ilgari surilgan edi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq