Ucell haqida rasmiy ma’lumot
20.05.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«COSCOM» MChJ («Ucell» savdo belgisi ostida faoliyat olib boruvchi uyali aloqa operatori) – 100% davlatga tegishli kompaniya.

Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Iman Karimovlarning maktublari tarqalib va muhokama qilindi.

Ushbu maktubda, xususan, G.Karimova go’yo «Ucell» aktsiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani haqida aytilgan. Ikkala bayonot ham mutlaqo haqiqatga to′g′ri kelmaydi.

2018-yil 5-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi Shvetsiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100% ulushi 215 million AQSH dollariga, COSCOM kompaniyasining Telia guruhi oldida bo’lgan 485 million AQSh dollari atrofidagi qarz majburiyatlari bilan birgalikda sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, G.Karimova kompaniyaning aktsiyalariga aloqasi yo′qligi aniqlangan.

Shunday qilib, 2018-yil dekabr oyida, O’zbekiston Respublikasi vakolatli agentligi orqali COSCOMni Telia kompaniyalar guruhidan sotib oldi va eng muhimi, unga egalik qilishni va boshqarishni davom ettirmoqda. COSCOM-ni sotib olish jarayoni bir qator davlatlarning barcha zarur huquqiy, moliyaviy va tartibga solish talablariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan.

Yuqoridagi xatda yagona haqiqat COSCOM muvaffaqiyatli boshqarilib kelinayotganligi. Bir yarim yildan kam vaqt ichida kompaniyamiz O’zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya sohasida ilg’or texnologiyalarni rivojlantirishda haqiqiy etakchiga aylandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq