DSQ: Raqamlashtirish – rivojlanish garovi!
20.05.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga o‘tkazish, alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash hamda elektron hisobvaraq-faktura tizimini joriy etish – Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi. Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali soliq to‘lovchilar bilan muloqotni shaffoflik va o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosida yo‘lga qo‘ymoqda.

G‘azna «onlayn» rejimida

 Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlarini onlayn nazorat-kassa mashinasi va virtual kassalardan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tkazish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Ayni vaqtga qadar 5 turdagi onlayn-NKM, 4 turdagi virtual kassa va 7 ta texnik xizmat ko‘rsatish markazi Davlat reestriga kiritildi. Hozirgacha, 21 mingga yaqin alkogol, tamaki, dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari, do‘konlar va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari onlayn nazorat-kassa mashinalari bilan ta’minlandi. Onlayn nazorat-kassa texnikasiga o‘tish uchun tadbirkorlar Davlat reestridagi istalgan dasturiy mahsulotdan foydalanishi mumkin. Ushbu reestr Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti – soliq.uz.ga joylashtirilgan.

Ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz chakana bozorining yirik ishtirokchilari to‘liq virtual kassadan foydalanishga o‘tmoqda. Masalan, Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.   Onlayn nazora-kassa mashinasi va virtual kassadan foydalanish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasini oshiradi ma’lumotlar bazasida elektron chek saqlanadi, bu munozarali masalalarni hal etishni soddalashtiradi.  Shuningdek, soliq organlari bilan o‘zaro tezkor hamkorlikni ta’minlaydi – ma’lumotlarni real vaqt rejimida uzatib boradi. Bundan tashqari, soliq organlaridan haqiqiy tushumlarni yashirmasdan, shaffof faoliyat yuritish imkoniyatini taqdim etadi. Bularning barchasi iste’molchilar va soliq organlari bilan ishonchli munosabatlarni mustahkamlashni kafolatlaydi, kompaniyaning ijobiy imidjini shakllantiradi.

EHF bilan hisobga olish oson va ishonchli

Hozirgi paytda tadbirkorlik subyektlarini hisob-fakturalarning elektron shakliga o‘tkazish tezkor suratlarda amalga oshirilmoqda. Bugun O‘zbekistonda 17 ta elektron hisobvaraq-faktura (EHF) operatori xo‘jalik yurituvchi subyektlariga xizmat ko‘rsatyapti.  Elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish, ayniqsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari orasida ommalashib bormoqda. Faoliyat yuritayotgan  87,5 ming QQS to‘lovchilarining 73 mingtasi yoki 83,8 foizi EHFdan foydalanishga o‘tdi. Elektron hisob-fakturalar biznes hamkorlar va soliq idoralari bilan shaffof siyosatni olib borishga xizmat qiladi.  Masalan, QQS zanjiri uzilishining oldini olishga yordam beradi. Bu esa qo‘shimcha soliq hisoblanishning eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biridir. Ushbu afzalliklarni hisobga olgan holda, Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlarini elektron hisob-fakturalardan foydalanishga faol jalb qilmoqda.  Bugungi kunda respublikamizda 153 mingdan ziyod yuridik shaxs va 16 mingdan ortiq YaTTlar hisob-fakturalarning elektron shaklidan foydalanmoqda.  Hozirda 170 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlari tomonidan rasmiylashtirilgan EHFlarning umumiy soni 5,9 milliontani tashkil etadi.

Markirovkalash sifat kafolati sifatida

Mamlakatimiz Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mahsulotlarni identifikatsiya vositalari bilan markirovkalash va ularni kelgusida kuzatish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.  Xususan, respublikamiz hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 5 ta alkogol, 3 ta pivo va 2 ta tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada mahsulotlarni markirovkalashning tajriba loyihasi joriy etilgan. Ta’kidlash joizki, soliq sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish, jarayonlarda inson omili aralashuvini cheklash Davlat soliq qo‘mitasining asosiy ustuvor vazifasi hisoblanadi. Bu korrupsiya va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish yordam beradi va biznesni shaffof yuritilishini ta’minlaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq