Virtual san’at ko’rgazmasida ilk marotaba O’zbekiston va Yevropaning durdona asarlari namoyish etiladi
18.05.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bugun, Xalqaro muzeylar kunida, Yevropa Ittifoqining O’zbekiston Respublikasidagi Deletatsiyasi, Yevropa kuniga bag’ishlangan tadbirlar doirasida, www.12symbols.uz sayti orqali noyob raqamli san’at loyihasini — «Aloqalar: 12ta Ramz va unlarning Ma’nolari» virtual ko’rgazmasini ishga tushirdi.

Ko’rgazma O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda, hamda O’zbekiston Davlat San’at Muzeyi, I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat San’at Muzeyi, O’zbekiston Tasviriy San’at Milliy Galereyasi, shuningdek taniqli o’zbek rassomlari ko’magida tashkil etildi. Ko’rgazma kuratori – “Bonum Factum” san’at galereyasi asoschisi va rahbari Shaxnoza Karimboboyeva.

Rasmlar, fotosuratlar va video-san’at yo’nalishini namoyish etadigan ko’rgazma, 12 universal ramzlarga asoslangan bo’lib, tashrif buyuruvchilarni Yevropa va O’zbekiston rassomlari o’rtasidagi aloqalarni o’rganishga taklif qiladi. Ko’rgazmada 60dan ortiq ajoyib asarlar, shu jumladan zamonaviy o’zbek san’ati ustalari Bobur Ismoilov, Vyacheslav Ueseynov, Bobur Muxamedov va boshqalarning shaxsiy asarlari va O’zbekiston Milliy Tasviriy San’at Galereyasi zaxiralari o’rin olgan. Ko’rgazma tomoshabinlarida Vincent Van Gog, Pablo Pikasso, Rene Magrit kabi taniqli yevropalikasarlarni va butun dunyoga taniqli boshqa noyob asarlardan bahramand bo’lish imkoniyati mavjud. Ko’rgazmada O’zbekiston Davlat San’at Muzeyi va I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat San’at Muzeyi tomonidan taqdim etilgan Aleksandr Nikolaev (Usto Mo’min), Viktor An, Vasiliy Kandinskiy va boshqalarning tarixiy asarlari o’rin olgan.

«May oyida keng nishonlanadigan Yevropa kuniga bag’ishlangan ushbu noyob badiiy loyiha Yevropa Ittifoqining asosiy qadriyatlari: inson qadr-qimmati va inson huquqlariga hurmat, tenglik, qonun ustuvorligi, shuningdek, badiiy ifoda va ijod erkinligiga bo’lgan hurmat belgisidir. Ko’rgazmaning raqamli formati — bu bizning favquloddagi vaziyatga bo’lgan javobimizdir. Muzeylar va galereyalar yopiq bo’lsa-da, biz ko’rgazmani o’tkazishning asl g’oyasini «tomoshabin bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa»dan raqamli o’lchovga o’zgartirdik. Xalqaro muzeylar kunida ko’rgazmani ochar ekanmiz, biz O’zbekiston san’at jamoatchiligiga o’z hurmat va minnatdorchiligimizni bildiramiz. May oyi davomida birdamlik va hamjihatlikni e’lon qilish orqali biz Yevropa kunini keng nishonlaymiz va Yevropa Oyini e’lon qilamiz”, – deydi Yevropa Ittifoqining O’zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays.

“Ushbu noyob, keng va ramziy ekspozitsiya, bizning fikrimizcha, dolzarb va aktual bo’lib, Yevropa san’at asarlari kontekstida ilk marotaba o’zbek o’tmishi va bugungi kuni bilan tanishtiradi. O’zbekiston davlat to’plamidagi avangardning tarixiy asarlari, shuningdek, zamonaviy o’zbek ustalarining yorqin va boy san’ati Yevropaga mashhur rassomlar orasida munosib o’rin egallashi lozim”, – dedi Kamola Oqilova, O’zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o’rinbosari.

«Men rassomlar ramziy ong bilan ishlaydigan va bizning ramzlar bilan tasvirlangan mavjudligimizning mazmunini aks ettiruvchi ilohiy filtrlar rolini o’ynashiga ishonaman. Yevropa va O’zbekistonda tarihiy va zamonaviy san’atning 60dan ortiq ajoyib asarlarini to’plagan holda, men ko’rgazma mehmonini san’atdagi 12ta universal ramzlar va ma’nolarni o’rganib, o’z hayoti bilan taqqoslab, raqamli sayohatga chiqishga taklif etaman. O’n ikki raqami mukammallikni, birlikni va koinot tartibini anglatadi. Badiiy sayohat ilohiy va inson ongini anglatadigan nuqta belgisidan boshlanadi. Aziz tomoshabinlar, tashrif buyuring va siz, O’zbekiston va Yevropa san’ati o’rtasidagi ramziy aloqalarni ko’rib hayratda qolasiz, deb ishonaman”, – deydi Shahnoza Karimboboyeva, “Aloqalar: 12 ramz va ularning ma’nolari” ko’rgazmasi badiiy kuratori.

Ko’rgazma mohiyatiga qiziqishni uyg’onish maqsadida, tashkilotchilar18 maydan 29 maygacha 12 kun ichida ijtimoiy tarmoqlarda 160 dan ortiq maxsus dizayn sovg’alarini yutib olish imkoniyati mavjud bo’lgan tanlovlarni o’tkazadilar.

San’at ixlosmandlarini ko’rgazma haqidagi yangiliklar va tanlov shartlari haqida O’zbekiston Respublikasidagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining rasmiy saytida va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borish taklif etiladi: Facebook www.facebook.com/eudeluzb/ va Instagram www.instagram.com/eudeluzb/

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq