Magistral gaz quvuridagi gaz bosimini nazorat qilish va boshqarish uchun dasturiy taʼminot
17.05.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Dastur magistral gaz quvuridagi gaz bosimini mikrokontroller yordamida boshqarish qurilmasining ishlashini taʼminlash uchun moʼljallangan boʼlib, qurilma mazkur jarayonni avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlarni boshqarish tizimida maʼlumotni uzluksiz qayta ishlash jarayoniga muvofiq real vaqt rejimida bajaradi.
Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
— ARDUINO platasi va gaz bosimi datchigi yordamida magistral gaz quvuridagi gaz bosimining holatini toʼliq nazorat qilish;
— qurilma elementlari, shu jumladan gaz bosimi datchigining ishlashini taʼminlash;
— surilmali klapanni boshqarish va suyuq kristalli displey (LCD)ga maʼlumot uzatish.
Dastur muallifi Shomirzayev Bobirga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 07931 raqamli guvohnoma berildi.