Karantin sharoitida O‘zbekistondagi barcha IT startap jamoalari uchun yangi loyiha
15.05.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Mahalliy IT startapchilar yirik xalqaro tanlovda — «Alibaba GET Global Challenge 2020» xalqaro tanlovida ishtirok etishlari mumkin.

IT-Park Alibaba Group kompaniyasi va China Campus Network, hamda O’zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash markazi, BMTTDning Startap-tashabbuslari va Akselerator Lab tashkilotlari bilan birgalikda «Alibaba GET Global Challenge 2020» O’zbekistondagi IT sohasi bilan bog’liq startap loyihalarini ishtirok etishga taklif qiladi.

«Alibaba GET Global Challenge 2020» dunyo bo’ylab yoshlar uchun pandemiya oqibatlarini yumshatish va odamlarga kundalik hayotning barcha sohalarida yordam berish uchun Alibabadan xalqaro tanlov.

Tanlovning maqsadi yangi biznes paradigmasining ijobiy ta’sirini ulashish, har tomonlama rivojlanishni rag’batlantirish, yoshlar va tadbirkorlarni ruhlantirish, shuningdek, tashkilotlar, sohalar va jamiyatlarni raqamli transformatsiyasiga yordam berish.

«Alibaba GET Global Challenge 2020» tanlovi bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi va onlayn rejimda o’tkaziladi.

Tanlov maqsadlariga mos keladigan IT-loyihalar taklif etiladi. 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan har bir kishi ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar 3-5 kishidan iborat jamoalarga birlashadi. Bundan tashqari, jamoada kamida bitta ingliz tilida so’zlashadigan a’zo bo’lishi kerak, chunki musobaqa ingliz tilida bo’lib o’tadi.

Xalqaro tanlovning bosh mukofoti – 15 000$ va Alibaba kompaniyasining bosh ofisiga to’liq to’lanadigan tashrif. Bundan tashqari, tanlovning barcha ishtirokchilari uchun biznesni rivojlantirish bo’yicha treninglar va seminarlar o’tkaziladi. Finalchilarga Alibaba kompaniyasining tajribali mutaxassislari shaxsan taqdim etiladi.

Muhim ma‘lumot: O’zbekistonning tanlangan 36 jamoasi uchun birinchi onlayn trening 2020-yil 23-mayda bo’lib o’tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2020-yil 21-maygacha qabul qilinadi.

Alibaba GET tarmog’ining Bosh kotibi – janob Zhou Yong tomonidan «Pandemiya davrida raqamli yechimlar butun dunyoda» mavzusida o’tkazilgan ochiq seminarga havolahttps://clck.ru/NSTyZ

Tanlovga ro’yxatdan o’tish uchun havola: https://clck.ru/NSU2w

Tanlovning rasmiy veb-saytihttps://alibabaget.uz/gc

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq