1-iyun kuni One Million Uzbek Coders doirasida yakuniy imtihon bo’lib o’tadi
13.05.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«One Million Uzbek Coders» dasturi doirasida uzbekcoders.uz platformasida tahsil olayotgan talabalar yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o’tib, Udacity Nanodegree grantlari uchun raqobatlashishlari mumkin.

Shartlar: kasbni oxirigacha o’zlashtirish, o’z vaqtida ro’yxatdan o’tish va yakuniy imtihondan o’tish.

Yakuniy imtihon 2020-yil 1-iyun kuni bo’lib o’tadi. Yakuniy imtihonga kirish uchun talabalar kursning barcha topshiriqlarini bajarishlari, laboratoriya ishlarini o’tishlari va imtihondan ko’pi bilan IKKI kun oldin o’tishlari kerak.

Diqqat!

Faqat eng yaxshi 50 talaba Udacity Nanodegree grantini oladi.

Muhim eslatmalar:

  1. Imtihon uchun ro’yxatdan o’tish muddati: 2020-yil 29-may.
  2. Treningdan so’ng talabalar yakuniy imtihonga taklifnoma oladilar!
  3. Udacity Nanodegree diplomlari dunyoning yetakchi IT kompaniyalari tomonidan tan olingan!

Nanodegree grantlari uchun yakuniy imtihonga ro’yhatda o’tish uchun qo’llanma:

uzbek_coders_enrolling_to_the_final_assessment_instructions-1

Barcha savollarga, shuningdek agar taklifnoma kelmagan bo’lsa, uzbekcoders@udacity.com elektron pochta manziliga yozing.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq