Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari muhtojli oilalarga yordam berish dasturini ishlab chiqdilar
12.05.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqilgan «Birdamlik» loyihasi «Covid-19 Challenge 2020» tanlovida ishtirok etib beshta g’oliblardan biri deb topildi.

«Kompyuter va dasturiy injiniring» fakultetining 4-kurs talabalari — Behzodxon Maxkamov, Azizbek Kobilov, Feruza Latipova, Shoxsanam Shirinkulova, Dilorom Alieva, Bohodir Urinboev, Muzaffar Choriev, Oybek Amonov va Sardor Allaberganovlar yordamga muhtoj bo’lgan oilalar uchun dastur ishlab chiqdilar. Birdamlik.uz va Telegram bot https://t.me/birdamlikuz_bot loyihalari birlashtirilgan.

“Mamlakatimiz epidemiyaga duch kelgani sababli, biz barchamiz xalq uchun qandaydir yo’l bilan foydali ish qilishni rejalashtirdik. Ko’ngillilar guruhlaridan birida ayni vaqtda Tunisda istiqomat qilivchi Toshkentda ko’ngillilar faoliyatini tashkil etishga yordam bergan Nigora Isomiddinova bilan tanishdik. Ular muhtojli oilalarga yordam berishni istaganlar o’rtasida muloqot qilish uchun loyiha ishlab chiqishni taklif qildilar. Birdamlik.uz saytini yaratish g’oyasi shunday paydo bo’ldi », dedi ishlab chiquvchilardan biri Feruza Latipova.

Birdamlik — bu yordamga muhtoj bo’lganlar va ularga yordam ko’rsatishni istagan ko’ngillilar uchun yaratilgan loyiha. Loyiha juda oddiy ishlaydi: foydalanuvchi saytga yoki Telegram botiga ulanadi va yordamga muhtoj odam yoki ko’ngilli sifatida so’rovnomani to’ldiradi. So’rovnomada siz familiya va ismingizni, aloqa telefon raqamini va yashash manzilingizni ko’rsatishingiz kerak. Ko’ngillilarning ishini soddalashtirish uchun yordamga muhtoj kishi ijtimoiy guruhlardan birini tanlashi mumkin, unga quyidagilar kiradi: «Yolg’iz pensionerlar», «Nogironlar», «Yolg’iz onalar»va boshqalar. Shuningdek, so’rovnomada siz yordam turini tanlashingiz mumkin: «Oziq-ovqat maxsulotlari», «Dori- darmonlar» yoki A punktidan B punktiga «Yetkazib berish». So’ng, ariza ixtiyoriy shaxsga uzatiladi va kerakli narsalar etkazib beriladi. So’rovnoma maksimal darajada soddalashtirilgan va uni yordamga muhtoj odam yoki gadjet yoki Internet bo’lmagan taqdirda to’ldirishi mumkin — uchinchi tomon — qo’shnisi, tanishi, qarindoshi orqali ham.

«Bir hafta ichida bizning jamoamiz ushbu loyihani yaratdi. Barcha ishlar masofadan turib amalga oshirildi. Men Toshkentda edim, Aziz Andijondan, Feruza Navoiyda, Shohsanam Jizzaxda. Boshqa yigitlar ham O’zbekistonning turli burchaklarida edilar. Nigora Isomiddinova Tunisdan bizga maslahatlar berdilar. Masofa bizning loyihamizni amalga oshirishga xalaqit bermadi, natijada biz COVID-19 Challenge-ga ariza berishga qaror qildik», — dedi Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabasi Behzodxon Maxkamov.

Ta’kidlash joizki, «Birdamlik» loyihasi inqirozga qarshi tanlovda «Muhtoj aholiga yordam berish» nominatsiyasida g’olib chiqdi va rivojlanish uchun mablag ‘oladi. Ishlab chiquvchilarning fikriga ko’ra, pandemiya bunday loyihalarni yaratishga turtki bo’ldi.

«Pandemiya tugagan holda ham, bu loyiha o’z dolzarbligini yo’qotmaydiChunki har doim yordamga muhtoj odamlar bo’lib ularga yordam berishni hohlaydigan ko’ngillilar bor. Loyihamiz karantin paytida yaratilgan markaz. Kelgusida biz turli ko’ngillilar guruhlari, shuningdek yoshlar ittifoqi, ehtimol mahalla qo’mitalari va boshqa ijtimoiy yo’naltirilgan bo’limlar bilan ishlash niyatidamiz”, — dedi loyiha muallifi, talaba Azizbek Qobilov.

Eslatib o’tamiz, Covid-19 Challenge 2020 tanlovida eng zor «Beshtalik» ro’yhatida Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalarining “Birdamlik” va “Aqilli niqob” loyihalari qatnashib final bosqichda qolib deb topildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq