Ta’lim sifatini oshirish: muammo, yechim va istiqbol
12.05.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Buxoro viloyatida «Ta’lim sifatini oshirish: muammo, yechim va istiqbol» mavzusida respublika miqyosidagi onlayn ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda respublikamizning yetakchi olimlari, sohaning yetuk mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, talabalar, maktab rahbarlari, o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 23-avgustdagi videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Buxoro zaminida yetishib chiqqan ziyoli ajdodlarimizning ilmiy meroslari, ushbu zaminning boy tarixini inobatga olgan holda kelajakda yetuk olim va ziyolilarni yetishtirishga poydevor bo‘luvchi maktab ta’limining “Buxoro tajribasi”ni o‘rganish, oliy va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish asosida ta’lim sifatini oshirishdagi dolzarb muammolar hamda ularning yechimi, fanlar ta’limiga innovatsiyalarni joriy etishni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Buxoro davlat universiteti, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanda pandemiya sharoitida ham O‘zbekistonda ta’lim jarayoni uzluksiz ravishda tashkil etilib, o‘quvchilar va talabalarning masofaviy ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, sohani rivojlantirishning istiqbolli vazifalari, milliy o‘quv dasturlarini yaratish, darsliklarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, pedagog xodimlar ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish muammolari, o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi.

Konferensiyada Buxoroning azal-azaldan ilm-ma’rifat maskani bo‘lganligi, bu zaminda Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy kabi buyuk insonlar, islom olamining mashhur yetti pirlari yetishib chiqqanligi, shuningdek, buyuk mutafakkirlarning ilm o‘rganishlarida o‘ziga xos poydevor bo‘lgan Buxoro ta’limi, ulug‘ ustozlar nomi alohida e’tirof etildi.

Anjuman doirasida to‘plangan ilmiy maqolalar va ma’ruza-tezislar to‘plami metodik qo‘llanma sifatida joylarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq