IT Park rezidentlari statistikasi
12.05.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yilning birinchi choragida 65 IT-kompaniyalar IT-Park rezidenti maqomiga ega bo’lishdi.

Hozirgi kunda IT-Parkda 377 resident ro’yxatga olingan, shundan xorijiy sarmoyalar ishtirokida 14 ta kompaniya tashkil etilgan. Joriy yilning birinchi choragida 65 ta IT kompaniyalar IT Park rezidenti maqomini oldi, shundan 12 ta kompaniya 2020 yilda tashkil etilgan.

Rezidentlarning O’zbekiston Respublikasi mintaqalari bo’yicha taqsimlanishi

— Qoraqalpog’iston Respublikasi – 1

— Andijon viloyati – 2

— Buxoro viloyati – 7

— Jizzax viloyati – 5

— Qashqadaryo viloyati – 5

— Namangan viloyati – 4

— Navoiy viloyati – 1

— Samarqand viloyati – 3

— Sirdaryo viloyati – 1

— Toshkent viloyati – 5

— Farg’ona viloyati – 8

— Xorazm viloyati – 7

— Toshkent shahri – 328

377 nafar rezidentdan 232 nafari kompyuter dasturlari va konsalting sohasida faoliyat olib boradi, 67 rezident ma’lumotlarni joylashtirish, qayta ishlash va WEB portallari bo’yicha xizmatlarni taqdim etadi, 63 rezident dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo’yicha xizmatlarni taqdim etadi va 9 rezident axborot texnologiyalarini o’qitish sohasida faoliyat olib borishadi.

Rezidentlarda ishlovchilarning umumiy soni 2020-yil 1-aprel holatiga 4 144 kishiga yetdi, ulardan 15 nafari chet el fuqarolari.

Eslatib o’tamiz, IT Parkning eshiklari IT sanoatini va boshqa sohalarni IT orqali rivojlantirishga intiladigan yangi rezidentlar uchun har doim ochiq!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq