NGN tarmog’i ishonchlilik ko’rsatkichlarini baholash usullari
11.05.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Ushbu ishda NGN tarmog’i vazifasi, tuzilishi, NGN tarmog’ida ishonchlilik ahamiyati, uning xarakteristikalari, uni ta’minlash usullari keltirilgan. Shuningdek, NGN tarmog’ida paketlarni uzatish sifat ko’rsatkichlari, asosiy parametrlar hamda aspektlar keltirilgan, NGN tarmoqlarida tarmoq elementlarining ishlash mustahkamligini ta’minlash mexanizmlari ko’rib chiqilgan.

NGN tarmog’i, QoS, ishonchlilik, IP-paket uzatilishi, statistik parallel ulanish, dinamik parallel ulanish, umumiy yuklanish.

NGN tarmog’i ochiq va taqsimlangan tarmoq bo’lib, media-shlyuzlar IP tarmoqlar bo’yicha uzoqlashgan moslashuvchan kommutatorga kirishni tashkil qiladi. Lekin transport tarmog’i kommutatordan ajralganligi sababli, tarmoq ishida nosozlik, apparat qism uskunalarida shikastlanish yoki kommutatorning o’zida nosozliklar kelib chiqqan holda u media-shlyuzlarni boshqarish imkoniyatini yo’qotadi. Bu holda media-shlyuzlar abonentlarga xizmat ko’rsata olmaydi va tizim ishining ishchanligi va mustahkamligiga ancha ta’sir etadi.

Hozirgi kunda telekommunikasiya tarmoqlari va xizmatlarini konvergentsiya qilish zarurati to’g’risidagi masalalar, ayniqsa katta ahamiyat kasb etmoqda, oxirgi yillarda telekommunikasiyalar sohasida operator katta daromadni ma’lumotlarni uzatish trafigini sezilarli darajada asosiy bo’lgan nutqli trafikni translyasiya qilishdan oladigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga xizmat ko’rsatish va qo’llab-quvvatlash operatorlarga oldindan nutqli trafikni uzatish uchun mo’ljallangan an’anaviy tarmoqlarga (UfTT) nisbatan ancha arzonga tushadi.

NGN tarmog’i – bu xususiylashtirish boshqaruvi moslashuvchan imkoniyatli xizmatlarning cheksiz to’plamini taqdim etishini va taqsimlangan kommutasiyali universal transport tarmog’ini amalga oshirishini nazarda tutuvchi tarmoq echimlarini unifikasiyalash hisobiga yangi xizmatlarni tashkil qilinishini, xizmatlarni taqdim etish vazifalarini oxirgi tarmoq tuguniga chiqarish va ananaviy aloqa tarmoqlari bilan integrasiyalashini taminlovchi aloqa tugunlarini qurish tamoyili va usulidir.

NGN tarmog’i elementlarining ishonchliligini oshirish tizimning apparatli qismini, dasturli ta’minoti va tarmoqda elementlarni boshqarishini taminlashga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.

Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish sifatini aniqlash, baholash va keyinchalik qo’llanish muammolarining dolzarbligi aloqa tarmoqlarining yangi multimediali xizmatlar bilan boyitilishi yanada ortishiga olib keladi. Ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan resurs hajmini xizmat turiga bog’liqligini hisobga olish lozim. Bu tarmoq infrastrukturasini rejalashtirish masalasini yanada murakkablashishiga olib keladi.

Vaziyatga bog’liq xolda QoS (Quality of Service – Xizmat ko’rsatish sifati) abonentga xizmat ko’rsatish barcha tashkil etuvchilarini (shartnoma tuzish, aloqa vositalari bilan jihozlash, nochor vaziyatlarda tizim tomonidan yordam berish, xizmatlarga to’lov va boshqalar) yoki faqat bir qismini qamrashi mumkin.

Odatda xizmat ko’rsatish mezoni quyidagilardir: tezlik, aniqlilik, tayyorlik, ishonchlilik, xavfsizlik, ulanish soddaligi va boshqalar.

NGN tarmoqlarida paketlarni uzatish sifatining standartini belgilovchi eng muhim ko’rsatkichlari bo’yicha ITU-T tavsiyanomalari mavjud. Ular uzatish sifatining tahlil qilinadigan aspektlariga mos ravishda ikkita to’plamga guruhlashtirilgan.

Birinchi guruhga NGN paketlarni etkazish xarakteristikalari kiradi:

  • NGN tarmoqlarida IP-paket etkazilishining kechikishi (IP packet Transfer Delay, IPTD);
  • NGN tarmoqlarida IP-paket etkazilishining kechikishi variasiyalari (IP packet Delay Variation, IPDV);
  • NGN tarmoqlarida yo’qolgan IP-paketlarning ulushi (IP packet Loss Ratio, IPLR);
  • NGN tarmoqlarida xatolik bilan uzatilgan IP-paketlarning ulushi (IP packet Error Ratio, IPER) [1].

Kiritilgan ko’rsatkichlarni formal aniqlanishi quyidagi ko’rinishda bo’ladi [2]: tarmoq segmenti uchun IP-paket etkazilishining kechikishi muvaffaqiyatli uzatilgan va xatolik bilan uzatilgan paketlar uchun quyidagi munosabatdan aniqlanadi (t2t1), bunda t1  – paketni ko’rilayotgan segmentga kirish vaqti, t2 esa – paketni segmentdan chiqish vaqti.

Quyidagi faraz qilaylik:

t2 > t1(t2t1) ≤ Тmax                                                               (1)

bunda Tmax – kechikishning ruxsat etilgan maksimal qiymati, vaqt undan ortsa paket yo’qolishini keltirib chiqaradi.

Uzel-manbadan uzel-qabul qiluvchiga paketni etkazishdagi kechikish ko’rilayotgan axborot oqimi yuradigan marshrutning tashkil etuvchilari, tarmoqning barcha segmentlari bo’yicha kechikishlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Kechikishning o’rtacha qiymati tahlil qilinayotgan IP-paketlar guruhining kechikishlari o’rta arifmetik qiymati sifatida topiladi.

Uzel-manbadan uzel-qabul qiluvchiga k — IP-paketni etkazishdagi kechikish variasiyasi τk quyidagi munosabatdan aniqlanadi:

τk = xk — d1,2                                              (2)

bunda xk  vа d1,2  – mos xolda k- vа etalon (birinchi) IP-paketlar kechikishining absolyut qiymati.

IPDV qiymat oqimli servislar va TCR protokoli uchun oyna o’lchamlarini tanlash uchun muhim axamiyatga ega.

Yo’qolgan IP-paketlarning ulushi yo’qolgan paketlar umumiy sonini tahlil qilinayotgan IP-paketlar guruhida qabul qilingan paketlar umumiy soniga nisbati sifatida aniqlanadi. Paketlarning yo’qolishi kutish vaqti maksimal ruxsat berilganidan ortishi natijasida ro’y beradi.

Mos holda, xatolik bilan uzatilgan IP-paketlarning ulushi xatolik bilan uzatilgan paketlarning umumiy sonini tahlil qilinayotgan IP-paketlar guruhida qabul qilingan paketlar umumiy soniga nisbati sifatida aniqlanadi.

Ikkinchi guruhga tarmoq infrastrukturasining ishlash xarakteristikalari kiradi:

  • tarmoq samaradorligi (muvaffaqiyatli uzatilgan paketlarning tezligi);
  • ishlashga tayyorlik.

Birinchi xarakteristika muvaffaqiyatli uzatilgan axborot hajmini kuzatish davriga nisbati sifatida aniqlanadi va bit sekundlarda o’lchanadi.

Ikkinchi xarakteristikani an’anaviy holda yil davomida hisoblangan tarmoqning ishlashga tayyorlik ulushi sifatida aniqlanadi.

Agar са – tayyorlik koeffisienti, T – minutlarda ifodalangan, tarmoqning ishlashga tayyor bo’lmagan yig’indi vaqti bo’lsa, са ning qiymati quyidagicha aniqlanadi:

са = 1–Т/(365×24×60)                                        (3)

Mos holda:

Т = (1–са365×24×60                                      (4)

Tayyorlik koeffisienti «beshta to’qqizlik», ya’ni са = 0,99999 bo’lishi uchun ishlamay turish vaqti bir yilga 5,3 minut bo’ladigan qiymatni hisoblab olamiz.

Ko’rsatgichlarning ko’rilgan ro’yxati foydalanuvchi talabnomalariga xizmat ko’rsatish jarayonining barcha tomonlarini aks ettirmaydi va asosan IP-paketlarni etkazilishini xarakterlaydi. Hozirda ulanish o’rnatilishi va ulanish tamom bo’lishi ko’rsatkichlariga texnik spesifikasiyalar tayyorlanmoqda [3].

NGN tarmoqlarida tarmoq elementlarining ishlash mustahkamligini ta’minlash mexanizmlari ko’zda tutilgan. Multiservis tarmog’i elementlarini boshqarish mustahkamligini ta’minlash uchun 3 ta usul ko’zda tutilgan.

— statistik parallel ulanish bilan;

— dinamik parallel ulanish bilan;

— dinamik parallel ulanish va umumiy yuklanish bilan.

Taqdim etilgan o’lchovlar bo’yicha NGN tarmog’i elementlarining boshqarish mustahkamligini ta’minlovchi usullarning solishtirma tahlili bajarilgan. Tahlil ko’rsatadiki, mustahkamlikni oshirish, texnik xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash va tizimni ishlatish darajasini oshirish uchun umumiy yuklanishdagi dinamik rejimda ishlash tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Gulto’raev N. X., Xodjayev N. S., Normurodov A. D. telekommunikatsiya tarmoqlari.-T.: «Fan va texnologiya», 2011.
  2. Бакланов И.Г. NGN: принципы построения и организации /под ред. Ю.Н.Чернышова. —М.: Эко-Трендз, 2008.
  3. Шнепс-Шнеппе М.А. Архитектура PARLAY и сети связи нового поколения NGN: девять лекций. — М.: МАКС Пресс, 2004. — 137 с. — ISBN 5-317-00997-9.

Muallif: O.S. Norboev, Muhammad al-Xorazmiy nomilagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistranti

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq