Karantin davrida onlayn talabnomalar qabul qilinmoqda
11.05.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi COVID-19 pandemiyasi sababli butun dunyoda masofaviy ish tartibiga oʼtilgani sir emas. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida ham masofaviy ish tashkil qilinib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida intellektual mulk obʼyektlariga talabnomalar onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

Shiddat bilan oʼzgarayotgan davr davlat organlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolar bilan bevosita ishlashga oʼtishi, xalqqa yaqin koʼmakchi boʼlishi, aholi uzogʼini yaqin qilish, uning har bir murojaatiga masʼuliyat bilan yondashishi kerakligi yana bir bor oʼz isbotini topmoqda.

Shu mezondan kelib chiqib, pandemiya davrida oʼlkamizning chekka hududidan turib ham onlayn talabnoma topshirish imkoni yaratildi. Raqamlarga murojaat qiladigan boʼlsak, garchi oʼtgan yilda atigi 36 ta onlayn talabnoma qabul qilingan boʼlsa, joriy yilning mart-aprel oyida fuqarolardan 306 ta talabnoma kelib tushdi. Xususan, tovar belgilariga – 177 ta, EHM uchun dasturlarga – 71 ta, ixtiroga – 27, sanoat namunalariga -9 ta, foydali modelga – 8 ta va oʼsimliklar naviga – 14 ta talabnoma kelib tushgan.

Аlbatta bu qulaylik orqali uzoq hududlarda yashovchi ilmiy izlanuvchi-tadqiqotchilar va olimlar uchun yoʼl bilan bogʼliq qiyinchiliklarni bartaraf etish va vaqtni tejash imkoniyati yaratildi. Bu esa dunyodagi vaziyatdan kelib chiqib karantin cheklovlarga qaramasdan ilmiy tadqiqotchilarimiz izlanishdan toʼxtamasdan, insoniyat uchun foydali boʼlgan turli intellektual mulk obʼektlarini yaratib, shu orqali jamiyatga naf keltirayotganini anglatadi.

Shuningdek, Аgentlik tomonidan joriy yilning aprel oyi davri uchun 363 ta intellektual mulk obʼyektlari davlat roʼyxatdan oʼtkazilib, tegishli patent va guvohnoma hujjatlari berildi va ularga oid maʼlumotlar Аgentlik Rasmiy axborotnomasida nashr qilindi. Jumladan, ularga

Shlak-ishqorli koʼpik betonni ishlab chiqarish boʼyicha texnologik liniya;

Plomba ashyosini tayyorlash uchun stomatologik qurilma;

Yurak-qon tomir kasalliklarida oshqozon hamda oʼn ikki barmoqli ichak yarasi hajmini aniqlash va tashhis qoʼyish uchun moʼljallangan dastur;

Energiya samaradorligini nazorat qilish va boshqarishning avtomatlashtirilgan dasturiy-axborot taʼminoti;

Oʼquvchilar uchun «Kasbga yoʼnaltirish» mobil ilovasini misol sifatida keltirish mumkin.

Bu kabi milliy ixtiro va yaratmalar yurtimizda innovatsion rivojlanishga turtki beradi, turli sohalar rivoji hamda intellektual mulk obʼyektlarining iqtisodiyotdagi ulushini oshishiga ayniqsa, izlanuvchi-tadqiqotchilar maktabi yaratilishiga zamin paydo qiladi.

Mazkur ixtirolar xususiyatiga eʼtibor qaratadigan boʼlsak, ular xorijdagi analoglaridan koʼra, arzon ekanligi, foydalanishda qulayligi va samaradorligi bilan ajraladi.

Intellektual mulk obʼyektlari hayotimizning ajralmas qismiga aylanganini hisobga olgan holda Butunjahon intellektual mulk agentligi tomonidan maʼlum soha rivojiga qaratilgan har bir yilga nom berish anʼanasi shakllangan. Bu yil mazkur bayram «Yashil kelajak uchun innovatsiyalar» shiori ostida nishonlanmoqda. Bu esa Koronavirus pandemiyasi sababli hozirgi dunyodagi vaziyat ushbu shiorning ahamiyatini yanada kuchaytiradi.

Аdliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi «Yashil kelajak uchun innovatsiyalar» shiori ostidagi kampaniyaning bir qismi sifatida kuchli va muvozanatli intellektual mulk tizimi sayyoradagi hayotni ekologik barqarorlashtiruvchi, xususan yashil iqtisodiyotni rivojlantiruvchi gʼoyalarni qoʼllab-quvvatlaydi. Zero, innovatsion fikrlash va intellektual mulkdan strategik foydalanish barqarorlik masalasini hal qilishga yaqinlashtiradi.

Аlbatta karantin cheklovlari inson tafakkuri imkoniyatlarini chegaralab qoʼyolmaydi. Аziz yurtdoshlar biz Sizning xizmatingizga doim tayyormiz. Oʼz yaratma va ixtirolaringiz toʼgʼrisidagi onlayn talabnomalarni Аgentlik rasmiy veb-sayti www.ima.uz orqali “Elektron talabnoma topshirish” boʼlimiga kirib topshirishingiz yoki boʼlmasa rasmiy veb pochta devon@ima.uz orqali yuborishingiz soʼrab qolamiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq