Axborot resurslarning elektron multimediyali darsliklar va kursarini yaratish dasturiy vositalari
11.05.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekistin Respublikasi Prezidentining, 2020-yil Oliy majlisga murojatnomasida, o‘tgan 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, 2020-yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha, ustivor yonalish va vazifalar belgilab berildi.

Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun O‘zbekiston xalqiga murojat qilib aytmoqchiman: demokratik islohatlar yo‘li-biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir. Bu borada biz har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilg‘or tajribalarini chuqur o‘rganib, hayotimizni, ish uslubimizni yangilashga harakat qilmoqdamiz. Sh. Mirziyoyev [1].

Prezidentimizning 2015-yil 12-iyundagi “Oliy muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi PF-4732-sonli, 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risi”gi PF-4947-sonli, 2019-yil 27-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5789-sonli Farmonlari, shuningdek, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23- sentabrdagi 797-sonli qarorida belgilangan ustivor vazifalar mazmunidan kelib chiqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasi tuzildi[2]. Konsepsiya doirasidagi mazmuni O‘zbekistonning milliy tiklanishdan milliy yuksalish bosqichida oliy ta’lim vazifalari, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning normative-huquqiy hujjatlari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, o‘quv jaroyonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo‘yicha so‘ngi yutuqlar, pedagogning kreativ komponentligini rivojlantirish, global Internet tarmog‘i, multimediya tizimlaridan foydalanish va masofaviy o‘qitishning zamonaviy shakllarini qo‘llash bo‘yicha tegishli bilim, ko‘nikma, malaka va kompitensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan[2].

Axborot resurslarini to‘ldirish, elektron darsliklar va kurslarini yaratish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Rivojlanish konsepsiyaning bir qismi sifatida qarashimiz mumkin. Oliy ta’lim muassasalarida multimediyali elekton darsliklar, o‘quv kurslari va multimediyali o‘quv majmualar tayyorlash extiyoji tug‘ilgan. Hozirgi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari(AKT) iboralari kundalik turmushimizda eng ko‘p uchraydigan tushunchalar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu rivojlanish jarayoni bizdan, yani ta’lim muassasalari pedagoglaridan, o‘zlari egallagan mutaxassislik fanlari bo‘yicha, elektron o‘quv adabiyotlar, darsliklar, qo‘llanma va boshqa multimediyali o‘quv kurslarni yaratish talablarini ko‘rsatadi.

Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, Internet kabi tushunchalardan tashqari, qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborot tizimlarini uzatish tizimlari, axborot resurslarni boshqarish, ma’lumotlar ombori kabilar misol bo‘la oladi. “XXI asr – axborotlashtirish asri”da ta’lim sohasiga elektron ta’limni joriy etish, har bir ta’lim muassasasida:

  • o‘qitish va o‘qitish jarayonini
  • ta’lim muassasasini boshqarishni
  • ta’lim muassasasi bo‘linmalarining
  • ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab etadi.

O‘quv jarayonini masofaviy yoki elektron shaklida tashkil etish uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS(Learning Management Systems) ishlatiladi[3].

LMS tizimlari elektron ta’limni tashkil etishning asosiy funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga o‘quvchilarining (o‘qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqa roldagilarni) ro‘yxatga olishi, foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish, o‘quvchilarni mustaqil ta’lim olish muxitini yaratish, o‘quvchi va oqituvchilarni o‘zaro individual yoki guruhlar yaratsih va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish, o‘quvchilar bilim darajasini monitoring qilsh, elektron o‘quv resurslarini eksport/import qilish, elektron axborot resurslarini(elektron kutubxonalar) tashkillashtirish kabilar kiradi. Ushbu yirik, o‘z ichiga ber necha tizimlarni qamrab olgan LMS tizimi, axborot elektron resursi tizimini yaratsih, to‘ldirish va foydalanishini asosiy tizim sifatida shakllantirgan.

Bugungi kunda multimediya hujjatlarini yaratishga oid juda ko‘p dasturiy ta’minotlar yaratilgan. Bularga AutoPlayMedia Studio, CourseLab, iSpring Suite, Hot Potatoes kabi dasturiy ta’minotlarni misol sifatida olishimiz mumkin. Ulardan biri AutoPlay dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar to‘plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, tashqi xotira disklari uchun AytoRun-menyusi hosil qilishda AutoPlay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi. Multimediyali texnologiyalarga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun AutoPlay dasturidan foydalanish, foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay interfeysni taqdim etadi[4]. AutoPlay dasturi foydalanuvchidan diyarli dasturlash ishini talab qilmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizayinli dasturiy muhitini tanlash uchun bir nechta tayyor shakldagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin. Bunda amaliy dastur muhitini boy holatda tashkil etish uchun AutoPlay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar mavjud bo‘lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web saytlarni ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin. Yaratayotgan loyihangiz uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtomatik ishga tushirish uchun AutoPaly Media barcha kerakli fayllarni o‘zi yaratadi.

CoursеLаb – bu eng kuchli va shu bilan birga, foydalanishda oddiy bo‘lgan, internet tarmog‘ida, masofaviy ta’lim tizimida, kompakt-disk yoki boshqa har qanday tashuvchida foydalanishga mo‘ljallangan interaktiv o‘quv materiallari(elektron kurslar)ni yaratish vositasi[5].

Obyekt – CoursLab tahrirlagichi bazaviy elementidir. Xilma-xil obyektlardan foydalanish va ular o‘rtasida aloqani shakllantirish bilan har qanday murakablikdagi o‘quv modulini qurish mumkin. Kadrlarga joylashtiriladigan obyektlar qanday shaklda bo‘lmasin, o‘lchami va orientirini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan to‘gri to‘rtburchak sohasida joylashadi. Bunday to‘g‘ri to‘rtburchak sohasida joylashgan obyekt o‘zining tipiga bog‘liq holda uning o‘lchamlarini avtomatik tarzda qabul qilishi mumkin.

CourLab o‘quv modulini qurish uchun ikkita asosiy tipdan foydalalniladi: ichki va murakkab.

Ichki obyektlar –bu bazayiy obyektlar bo‘lib, ko‘pincha CoursLab dasturini o‘zini ham qurishda foydalaniladi. Aslida, faqatgina bu obyektlardan foydalanilgan holda mukamal o‘quv modulini yaratish mumkin.Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  • Matn va jadval
  • Rasmlar

Madomiki, bu obyektlar ko‘p ishlatiladi, bunday obyektlarni qo‘yish soddalashtirilgan – ular tahrirlagich menyusidagi mos buyruqlar orqali qo‘yish mumkin, ularni qo‘yish tugmalari esa asboblar paneliga qo‘yilgan.

Murakkab obyektlar – CoursLabga obyektli interfeys orqali yuklanadigan, obyektlar kutubxonasida qolgan barcha obyektlar.

Kursga Mаcromediа® Flаsh®, Shockwаvе®, Jаvа® turli hil formatdagi vidiyolardan iborat bo‘lgan har qanday Rich-mediani kiritish imkoniyati borligi; tovushni baravar birga olib borilishini kiritish va sinxronizatsiyalash oddiy mexanizmlari borligi; Microsoft® PowеrPoint® formatidagi taqdimotli o‘quv materialini import qilish imkoniyat harakatlarni tavsiflashning oddiy tili; Tahrirlagich tajribali foydalanuvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri JavaScriptning qo‘shimcha imkoniyatlaridan foydalanishni taqdim qiladi. Elektron o‘quv kurslarini namoyish qilishda JavaScriptni mavjud bo‘lishini talab qilmaydi. Odatda taqdimot yaratishda Microsoft Power Point dasturidan keng foydalaniladi va unda .ppt, .pptx kabi kengaytmalarga ega bo‘lgan fayllar yaratiladi. Ushbu dasturni imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda Microsoft Power Point dasturida yaratilayotgan taqdimotlarni masofaviy ta’lim tizimlarida qulaylik bilan namoyish etish maqsadida iSpring dasturini o‘rnatish tavsiya etiladi[6]. iSpring dasturi MS Power Point dasturida tayyorlangan taqdimotni .exe, .swf, .html formatlariga konvertatsiyalash imkoniyatini beradi. Dasturiy ta’minot yordamida yaratilgan 3D-kitob, dialog, test kabi elektron kontinentlarni MS Power Point dasturi sladida joylashtirish bilan birga, dastur yorlig‘ini faollashtirib yaratish mumkin:

  • video qo‘shish va animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
  • elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan(Quiz tugmachasi);
  • masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC-mos keluvchi kurslarini yaratish;
  • Videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
  • YouTube ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish;

iSpring Suite dasturida nafaqat flash-taqdimotlarni yaratish, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlash, xususan ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish hamda ma’ruza matni, qo‘llanma va darslik shakldagi ma’lumotlarni 3D kitob ko‘rinishida yaratish mumkin[6].  Yuqorida keltirilgan dasturiy ta’minotlar foydalanishda sodda interfeysga ega ekanligini va foydalanuvchilar uchun qulayligi, bugungi elektron multimediya axborot resurslarini yaratishda vosita sifatida qo‘l keladi. Bu dasturiy ta’minotlar pedagoglar va turli soha vakillari uchun interaktiv elektron kontentlarni yaratish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekistin Respublikasi Prezidentining 2020-yil Oliy majlisga murojatnomasi
  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasi
  3. Копытова Н.Е., Лоскутова В.И. Использование дистанционных технологий в повышении квалификации педагогических кадров // Вестник Тамбовского университета. Серия: Гуманитарные науки. – 2014.- №9(137). – С.38-42. URL: https://elibrary.ru/item.asp?id=22289245
  4. http://www.findsoft.ru/. AutoPlay Media Studio 7.0 – быстрое создание мультимедиа-приложений.
  5. https://www.courselab.ru/
  6. Гусаров А.А., Иванов В.К., Прокофьева Г.С. «Создание электронных тестов в среде iSpring», Тверь: ТвГТУ, 2012

Husan Erkayev, Nizomiy nomidagi TDPU  tadqiqotchisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq