«Aqilli niqob» dasturchilari Covid-19 Challenge 2020 g’oliblariga aylandilar
09.05.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari Doston Mardiev va Aziza Abdurakhmanova o’zlarining «Aqilli niqob» deb nomlangan dasturini Covid-19 Challenge 2020 pandemiyasining oqibatlarini yumshatish uchun innovatsion vositalar va yechimlarni topish tanloviga taqdim etishdi va final bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

7-aprel kuni Inqirozga qarshi qaratilgan tanlovda 600 dan ortiq arizachilar ushbu, sogʻlikni saqlash, yordamga muhtoj aholiga koʻmaklashish, kichik biznes va oʻzini oʻzi band qilganlarni qoʻllab-quvvatlash, jamoatchilikni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim, xabardorlikni va xulq-atvorni yaxshilash yo’nalishlari bo’yicha qatnashdilar. Tanlov natijalariga ko’ra tashkilotchilar har bir yo’nalish bo’yicha uchta eng yaxshi ishtirokchilari tanlab olindi.

IT-Park matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko’ra, 5ta eng yahshi loyiha g’olib deb topildi:

«Hayot xaritasi» portalining asosiy g’oyasi shundan iboratki, yordamga muhtoj bo’lganlar va ko’ngillilar bir-birlarining joylashuvini bilib olishlari va shunga mos ravishda masofadagi eng yaqin odamga yordam berishlari mumkin.

«Birdamlik» loyihasi muhtoj odamlarning arizalarini to’plash uchun ishlab chiqilgan. Buning uchun telegram bot va veb-sahifa yaratildi, unda muhtojlar va ko’ngillilar bepul ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

«Human House» onlayn maktabi. Maqsad – O’zbekistonning me’morchiligi, arxeologiyasi, urf-odatlari, etnografiyasi, amaliy san’ati bo’yicha ma’ruzalar o’tkazish, shu bilan ishtirokchilarni turli xil hunarmandchilik bilan tanishtirish va ularni uyda mustaqil ravishda shug;ullanishga o’rgatish.

«Cambridgeonline.uz» platformasi – bu ta’lim muassasalari uchun eng moslashtirilgan va oflayn o’qitish bilan sinxronlashtiriladigan B2B mahsulotidir (ya’ni, zarurat tug’ilsa, oflayn rejimidan onlayn rejimga silliq o’tishga imkon beradi).

«Aqilli niqob» – bu foydalanishni boshidanoq harorat, yo’tal, nafas olish qiyinlishuvi va qondagi kislorod miqdori kabi kasallik alomatlarini o’rganadigan niqob. Olingan ma’lumotlar maxsus algoritm yordamida Covid-19 va boshqa yuqumli kasalliklarning alomatlari bilan taqqoslanadi va taxminiy tashxis qo’yiladi.

Natijada, «Covid-19 Challenge 2020» g’oliblari o’z loyihalarini amalga oshirish uchun mablag’ oladilar, tanlov tashkilotchilari tomonidan qo’llab-quvvatlanadilar, shuningdek loyihalarni to’liq amalga oshirishda yordam berish uchun mentorlardan texnik yordam oladilar.

Toshkent shahridagi Inha Universiteti v.b.rektori Muzaffar Djalalov talabalarni bunday muhim musobaqadagi g’alabasi bilan tabrikladi va kelajakda barcha ishlarda yosh dasturchilarni qo’llab-quvvatlashga va’da berdi.

Tanlov tashkilotchilari: BMTTDning O’zbekistondagi vakolatxonasi, IT-park, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Yoshlar akademiyasi va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi «Yoshlar kelajagimiz» jamg’armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy, o’rta va maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash markazi, Raqamli ishonch fondi, Jahon banki va loyiha koordinatori EXHTning O’zbekistondagi vakili.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq