«One Million Uzbek Coders» loyihasining faol ishtirokchilari uchun tanlov!
08.05.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Ushbu loyihaning eng faol ishtirokchilari uchun «One Million Uzbek Coders» loyihasi doirasidagi tanlov mamlakat aholisining ITga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

  • Tashabbus ko’rsatish, boshqa ishtirokchilarga motivatsiya berish, platformadan foydalanishda yordam berish va o’quv materiallarini telegramda – loyihaning guruhlari va ijtimoiy tarmoqlarida o’zlashtirish.
  • Loyihada ishtirok etganlar uchun foydali bo’lgan mualliflik huquqi haqidagi maqolalaringizni, loyihadagi muvaffaqiyatlaringiz yoki IT va yangi texnologiyalar mavzusidagi maqolalarning tarjimalarini yuboring.

Ishtirokchilarning tashabbusi bir necha mezonlar bo’yicha baholanadi:

Onlayn kanallarda faol bo’lish

  • Qiyosiy raqamli ko’rsatkichlar bo’yicha;
  • Xabarlarning sifati bo’yicha (ma’lumotlarning foydaliligi, loyiha maqsadlariga muvofiqligi)

Maqolalar nashr qilish

  • o’ziga xoslik, loyihaning maqsadlariga muvofiqligi, foydaliligi, ahamiyati, grammatikasi va tuzilishi. Maqolalar o’zbek tilida bo’lishi kerak.

Ishtirok etish huquqi:

Ushbu tanlovda istalgan kishi ishtirok etishi mumkin.

Ishtirok etish tartibi:

  • Loyihaning ishtirokchisiga aylaning – uzbekcoders.uz saytida ro’yxatdan o’ting va mashg’ulotlarni boshlang.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda loyihaga obuna bo’ling.
  • Loyihaning telegram-guruhlariga qo’shiling.
    Maqolalarni bizning sahifamizda nashr eting: https://community.uzbekcoders.uz/

P.S: Nashrning oxirgi muddati – 30.06.20

Uchta eng yaxshi ishtirokchilar 1500 dollardan pul olishadi.

Platformaga havola: uzbekcoders.uz

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq