Xitoyning China Mobile va Huawei kompaniyalari dunyodagi “eng baland” 5G tarmog’ini o’rnatdilar
06.05.2020
Rukn: Texnologiya. Teglar:
Muallif: .

2020-yilning 30-aprel kuni China Mobile va Huawei kompaniyalari birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasi o’laroq 5G tarmoq tizimini yangi yuqori nuqtaga o’rnatdilar. Tarmoq Everest tog’ining tepasiga o’rnatildi. Qurilish ishlari yakuniga yetganidan so’ng, ushbu tarmoq dunyodagi 6500 metr balandlikda joylashgan eng baland 5G tarmoq bazasi bo’ladi. Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 6500 metr balandlikdagi gigabit optik tolali tarmoqning ishga tushirilishi China Mobile telekommunikatsiya kompaniyasiga uning yangi ishlanmasi — Everest tog’idagi ikkitalik gigabit Internet tarmog’ini ishga tushirishga imkon beradi.

2020-yilda 5G tarmog’ining o’rnatilishi va Everest tog’ining Internet tarmog’i bilan qamrab olinishi Everest tog’iga shimoliy qiyalikdan birinchi muvaffaqiyatli ko’tarilishining 60 yilligi va Everest tog’ining birinchi marta rasmiy ravishda aniq o’lchanganligining 45 yilligi munosabati bilan katta ahamiyat kasb etadi.

6500 m balandlikda joylashgan 5G tarmog’i bazaviy stansiyasining foto tasviri.

Huawei hamkor mobil operatoriga Everestda ikki gigabaytli tarmoq qurish bo’yicha o’zining majmuaviy yechimlarini taklif qildi. Bazaviy stansiyalari “Maunt-Everest” bazaviy lagerida 5300 metr balandlikda, o’tish lagerida 5800 metr balandlikda, forvard (oldindagi) lagerda esa 6500 metr balandlikda qurilgan. Ushbu bazaviy stansiyalarda Huawei 5G AAU va SPN texnologiyalari qo’llaniladi, tarmoqqa texnik xizmat ko’rsatish va optimallashtirish ishlari 24 soat davomida 5300 metr va undan yuqori balandlikda ishlaydigan tarmoq mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: butun tarmoqning uzluksiz ishlashini ta’minlashdir.

Huawei 5G AAU uskunasi ixcham va yuqori darajada integratsiyalashgan bo’lib, bu uni dala sharoitlarida joylashtirish va o’rnatishni osonlashtiradi. Bu, ayniqsa, Everestda ustunlik qiluvchi ekstremal sharoitlardagi infratuzilmalar uchun juda mos keladi. Loyihada «avtonomlik va mustaqillik» rejimlari, ya’ni “SA + NSA” qo’llaniladi. Beshta 5G bazaviy stansiyalari bir-biriga bog’langan. Huawei kompaniyasining Massive MIMO texnologiyasi sharofati bilan tezkor va kuchli 5G ni ulashga erishiladi. Bunda yuqori tezlik va katta o’tkazuvchanlik imkoniyati ta’minlanadi.

Huawei kompaniyasining Massive MIMO texnologik uskunalari yuqori darajadagi ishonchliligi va a’lo darajadagi fazoviy qoplamga egaligi bilan ajralib turadi. Egiluvchan uch o’lchamli tor to’sinlari tufayli, texnologiya ayniqsa Everest tog’ida vertikal holatda yaxshi ishlaydi. 5300 metr balandlikda 5G tarmog’idagi yuklab olish tezligi 1,66 Gbit / sek dan, ma’lumot uzatish tezligi esa 215 Mbit / sek dan oshdi.

Ishlarning sifati va tarmoqlarning uzluksizligi Huawei kompaniyasining Intelligent OptiX Network texnologiyasi bo’yicha, real vaqtda yuqori aniqlikdagi videotasvir uzatishni va jonli efirni ta’minlaydigan eng maqbul yechimlari bilan kafolatlanadi. Shu bilan birga, 1 Gbit / sek yuqori va past bog’lanishli korporativ shlyuzlar qo’llab-quvvatlanadi. 5300 metr balandlikda joylashgan Everest tog’idagi bazaviy lager to’liq 1,43 Gbit / sek tezlikda qayd etilgan tarmoq bilan qoplangan. Bu Gigabit ONT texnologiyasidan foydalanish tufayli amalga oshiriladi. Huawei 10G PON OLT platformasi va 200G o’ta yuqori tezlikda uzatish ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini oqilona boshqarishi mumkin, bu esa oilalarga va korxonalarga yuqori balandlikdagi hududlarda o’ta yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanish imkoniyatini beradi.

Intellektual ta’minot tufayli, HoloSens Huawei texnologiyasi bo’yicha videokuzatuv tizimi oqim sifatini bir marta tugmani bosish orqali nosozliklarni aniqlash va optimallashtirish qobiliyati bilan kafolatlaydi. Shu holda Everest yuqorisida, hatto 6500 metr balandlikda ham Internet tarmoqlarining uzluksiz ishlashi ta’minlanadi.

Huawei 5G kamerasidan olingan skrinshot

Huawei kompaniyasi falsafasi – texnologiya dunyomizni yanada yaxshiroq qiladi degan qat’iy ishonchdir. Everest tog’ining ulug’vor go’zalligi 5G yuqori aniqlikdagi video yordamida namoyish etiladi. Alpinistlar, olimlar va boshqa tabiatshunos tadqiqotchilar o’zlarining tabiat haqidagi g’oyalarini boyitadigan yangi virtual haqiqatga ega bo’ladilar. Everest tog’ida Internet tarmog’ining innovatsion o’rnatilishi 5G texnologiyasi Insonni Tabiat bilan uyg’un tarzda birlashtira olishini yana bir bor isbotlaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq