O‘zkomnazorat: Sirdaryodagi suv toshqinidan talafot ko‘rgan aloqa obyektlari qayta ishga tushirilmoqda
06.05.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2020-yil 1-may kuni Sirdaryo viloyatida “Sardoba” suv omborida yuz bergan texnogen hodisa oqibatida sodir bo‘lgan toshqin hududdagi telekommunikatsiya obyektlariga jiddiy talafot yetkazgani xabar qilingandi.

Unga ko‘ra mobil aloqa operatorlarining baza stansiyalari elektr ta’minotidan uzilib qolgani, mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ining infrastruktura(maktab, mahalla va QVP) tashkilotlariga tortilgan yerosti optik tolali aloqa kabellariga, magistral yerosti aloqa kabellariga zarar yetgani tufayli favqulodda holatdan kelib chiqib suv ombori hududi atrofidagi stansiya qurilmalarida avariya tiklash va demontaj ishlari boshlangandi.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida Oqoltin tumani Sardoba shaharchasidagi ATS (umumiy montaj sig‘imi 1152 raqamli, ishlatilgan sig‘imi 567 abonent bo‘lgan C&C08 RSP “HUAWEI” rusumli stansiya, mavjud sig‘imi 288 portli DSLAMda abonentlar soni 288 ta) qayta ta’mirlanib ishga tushirilgan. Mazkur telefon stansiyasi dizel generator orqali ishlab turganligi sababli 3 may kuni doimiy elektr tarmoqlariga ulandi.

2020-yil 5-may soat 18:00 holatiga ko‘ra 5 ta mobil aloqa operatorlarining jami 86 ta tayanch stansiyalaridan 80 tasining faoliyati tiklangan, jumladan 47 ta tayanch stansiyasi elektr ta’minotiga qayta ulangan, qolgan obyektlarda esa zaruriy ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Suv toshqini sababli Mirzaobod tumani hududida joylashgan KM-TAYe 61 magistral aloqa kabeli o‘tkazgichiga zarar yetgandi, mazkur magistral aloqa kabeli boshqa kabel magistrali va Temir yo‘lga qarashli zaxira (rezerv) kabel magistraliga to‘liq o‘tkazilgan.

Shuningdek, tabiiy ofat talafotlarini bartaraf etish ishlarini tezkor tashkil etishda ishtirok etayotganlarga sharoit yaratish uchun viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tashkil etilgan shtabga “1205” qisqa raqami biriktirilib, qo‘shimcha ravishda “O‘zmobayl” statsionar telefon apparatlari hamda sim-kartalar ajratilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq