Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi
05.05.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlashning nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi” qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali Regulation.gov.uz ga joylashtirildi.

Ushbu qaror bilan “O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarni tashkil etish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom” hamda “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma” tasdiqlanadi.

Shuningdek, qaror loyihasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilot va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning holati yuzasidan o‘tkaziladigan tekshirishlar Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi;

sohada iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarining faoliyatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, davriy bosma nashrlarni tarqatish va mualliflik huquqlari sohasida EHM uchun dasturlar tarqatilishida qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkaziladigan tekshirishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni xabardor qilingan holda amalga oshirilishi;

interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishida uzilishlar, axborot tizimlarida va tarmoqlarida alohida ommaviy tusdagi buzilish holatlari (uzilishlar, to‘xtalishlar, avariya holati va boshqalar) yuzaga kelganda davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilot va idoralar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 1 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda yozma yoki elektron tarzda O‘zkomnazorat xabardor qilinadi, shuningdek buzilish holatlari bartaraf etilgandan keyin avariya holati bartaraf etilganligi va uning kelib chiqish sabablari yuzasidan ma’lumot O‘zkomnazoratga taqdim etilishi belgilab qo‘yilgan.

Hujjat muhokamasi 2020-yil 9-mayda yakuniga yetadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq