Dunyo aholisining qariyb yarmida hamon internetga ulanish imkoni yo‘q
05.05.2020
Rukn: Internet.
Muallif: .

Jahon iqtisodiy forumi https://www.weforum.org saytida dunyoda kuzatilayotgan internet bilan bog‘liq vaziyat haqida tahliliy maqola chop etildi. Unda chuqur tahliliy ma’lumot berilgan.

Dunyoda COVID-19 pandemiyasi boshlangach aloqalarni davom ettirish uchun milliardlab aholi bir vaqtning o‘zida internetdan foydalanib, onlayn o‘tirgan odamlar soni sezilarli oshib ketdi. Ammo dunyo aholisining qariyb yarmida hamon internetga ulanish imkoni yo‘qligi hammaga ma’lum bo‘ldi. Eng kam rivojlangan mamlakatlarda har besh kishidan birining ham internetdan foydalanish imkoni kamroq. Raqamli bo‘linish erkaklardan ko‘ra ayollarga ko‘proq ta’sir etmoqda.

Bu haqida o‘qiganmisiz?

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda maktab o‘quvchilaridan tortib ofis xodimlarigacha o‘z faoliyatini uyda davom ettirishga majbur bo‘lishi natijasida internet hammaning najotkoriga aylandi. Biroq bir vaqtning o‘zida dunyoda internetga ulanish imkoni yo‘q milliardlab odamlar ham bor.

Raqamli bo‘linish COVID-19 pandemiya paytida yuzaga chiqayotgan tengsizliklarning shunchaki bittasi xolos. Biroq eng ajablanarlisi shundaki, hatto rivojlangan davlatlarda ham internet tezligi biz o‘ylagandanda pastroq.

Misol uchun, hozir AQSh aholisining 6 foizidan ko‘prog‘i (21 mln kishi) yuqori tezlikdagi internet aloqasi yo‘q. Avtraliyada esa bu ko‘rsatkich 13 foizni tashkil qiladi. Hattoki dunyoning eng rivojlangan davlatlarida ham internet bilan hammani ta’minlash imkonsiz bo‘lib qolmoqda.

YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida oilalarning yarmidan ko‘prog‘i – 55 foizi internet aloqasi bilan ta’minlangan.

Rivojlangan davlatlarda oilalarning 87 foizi, rivojlanayotgan davlatlarda 47 foizi, eng kam rivojlangan davlatlarda esa 19 foiz oilalar internetga ulangan.

Oflayn dunyo

Umuman olganda hozirgi vaqtda 3,7 milliard odamning internetga ulanish imkoni yo‘q. Ularning asosiysi – kambag‘al davlatlar fuqarolari va COVID-19 bilan qanday kurashish kerakligi bo‘yicha ma’lumotga eng muhtoj qatlam vakillaridir.

Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti (World Health Organization (WHO).) ma’lumotlariga ko‘ra , kambag‘allar va migrantlar virus yuqtirib olish xavfi eng yuqori guruhlarni tashkil qiladi.

Xalqaro hisobda 1 milliarddan ortiq o‘quvchilar karantin tufayli maktabga borishmayapdi. Ammo, o‘qituvchilar onlayn dars tashkillashtiryaptimi yoki yo‘q, bu ahamiyatsiz – ularning ko‘pchiligi onlayn darslarda qatnasha olmaydi.

Uyda – masofadan turib ishlash xizmat ko‘rsatish sektori xodimlari va administratorlar uchun yagona tanlov bo‘lib turgan bir paytda, raqamlar ularning hammasida ham onlayn bo‘lib turish imkoni yo‘qligini ko‘rsatmoqda. Global internet tezliklarini kuzatuvchi AQShda joylashgan M-Labs nternet aloqasi sifatiga juda ko‘p odamning onlayn bo‘lib turishi salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlagan.

Millionlab amerikaliklar internetsiz

Bugungi kunda AQSh Kommunikatsiyalar federal komissiyasi internetga ulanish imkoni yo‘q amerikaliklar holatiga yetarlicha baho berilmayapti, degan fikrda 2017 yilda AQShdagi 12 million bolaning internetga ulanmasdan katta bo‘layotgani haqida Kongress ma’lumot bergan edi.

Microsoft prezidenti Bred Smit Amerikaning qishloq hududlarida 19 millionta internetga ulanmagan oila borligini ma’lum qilgan.

YuNESKO va Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi kabelli yoki simsiz tarzda 2025 yilgacha dunyoning 75 foiz aholisini yuqori sifatli internet bilan ta’minlashni maqsad qilib qo‘ygan.

Afrikaning qimmat ma’lumotlari

Bir gigabayt (GB) – bitta standart filmni bir soat ko‘rish uchun yetarli. Afrikada buning narxi o‘rtacha oylik ish haqining 40 foizini tashkil qiladi.

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 85 foiz afrikaliklar kuniga 5,50 dollar atrofida daromad topadi. Ularning ko‘pchiligi raqamli uzilishni tanlashidan esa ajablanmasa ham bo‘ladi. Bu muammo rivojlanayotgan davlatlarda ham yo‘q emas. Masalan, Avstraliyadagi kam ta’minlangan oilalarning qariyb har uchinchisining internetga ulanish imkoni yo‘q.

Janubiy Afrika COVID-19 haqida ma’lumot uzatadigan saytini aholiga hech qanaqa ma’lumot va mablag‘ talab qilmaydigan tarzda foydalanish imkonini berdi. Boshqa bir qancha telekommunikatsiya tashkilotlari, provayderlari ham koronavirus haqida ma’lumot uzatadigan saytlarni bepul qilib qo‘ydi.

YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikaning 10ta davlatida ayollar erkaklarga qaraganda 30-50 foiz kam internetdan foydalanishadi. Dunyo miqyosida esa ayollarning internetdan foydalanish ko‘rsatkichi erkaklarnikiga qaraganda 23 foiz kam.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq